Sug’urta

Sug’urta — tabiiy ofatlar (zil- zila, suv toshqini, yog’in va b.), har xil baxtsiz hodisalar ro’y berishi nati- jasida ko’rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to’lash uchun maqsadli pul jamg’armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. S. ko’p asrlik tarixga ega. S muassasalari dast- lab o’rta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bog’liq holda paydo bo’ldi. Key- inchalik boshqa sohalarga g’am yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida S. fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita bo’lgan. S. jamg’armasi milliy iqtisodiyot zaxira jamg’armasining muhim va o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan mo- liyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mam- lakatlarda S. ishi nihryatda taraqqiy etgan bo’lib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida S. badal (mukofot)lari hajmi o’rtacha 8-12% ni tashkil etadi. S. qilinadigan ob’ektga qarab m u l kiy S. (mas, yuridik va jismoniy shax- slarning mulkiy manfaatlari, bino- lar, ekinlar, uy hayvonlari, molmulk, transport vositalarini sug’urtalash), shaxsiy S. (inson, sog’lig’i, hayoti, mehnat qobiliyatini sug’urtalash), uchinchi shax- slar oldidagi javobgarlik S.si (trans – port egalarining fuqarolik javob- garligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni o’z vaqtida qaytarish javobgarligini sug’urtalash va b.)ga bo’linadi. S. tartibi va shartlari, turla- ri, ob’ektlari mamlakatdagi Qonunchilik bilan belgilanadi. Mustaqillikka erishguniga qadar 1918-91 y.larda O’zbekiston Respublikasida S. faoli- yatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona bo’lgan davlat sug’urta idorasi («gos- strax») va uning ittifokdosh Respu- blikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991 y.dan O’zRda o’tkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayoni- da bozor iqtisodiyotiga o’tishning dast- labki bosqichlarida davlat S organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda bo’la oladigan turli mulkchilik sha- klida S. kompaniyalari va agentlikla- ri vujudga keldi. S. xizmati bozori, S. faoliyatining asosiy yo’nalishlari, huquqiyqonunchilik asoslari yaratil- Di. 1993 y.da 6 mayda O’zbekiston Re- spublikasining «sug’urta to’g’risida» qonuni qabul qilindi. O’zbekiston Re- spublikasi Prezidentining 1997 y. 25 Fev.dagi farmoniga ko’ra Moliya vazir- ligi huzurida faoliyat ko’rsatib kela- yotgan Davlat sug’urta bosh boshqarmasi «O’zagrosug’urta» sug’urta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi, «ka- folat» sug’urta kompaniyasi, «madad» sug’urta agentligi, «O’zbekinvest» eks- portimport milliy sug’urta kompaniyasi va b. o’z faoliyatini boshladi. Sug’urtalash majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Majbu- riy S.ning o’zi majburiy va majburiy davlat S.siga bo’linadi. Ularning har ikkalasi ham Qonunchilik hujjatlariga muvofiq joriy etiladi. O’zbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil transporta, suv, havo, t.y. transportla- ri yo’lovchilari, transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligi va b.ga majburiy sug’urta turlari belgi- langan. O’zbekiston Respublikasi Mudo- FAA, ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qo’riqlash, Davlat bojxo- na, Davlat soliq qo’mitalari xodimla- ri majburiy davlat S.siga olingan va bunday S. turlari uchun sug’urta badali (mukofoti) davlat byudjeti hisobidan to’lanadi. Ixtiyoriy S. turlari S. muno- sabatlarida qatnashuvchi tomonlarning o’zaro roziligi va yozma shartnoma asosi- da amalga oshiriladi, S. javobgarligi hajmi (S. narxi), S. badali (mukofoti) mikdori, S. hodisasi yuz berganda to’lanadigan S. puli (S. qoplamasi, tovoni) summasi — shartnoma shartlari sug’urta qiluvchi bilan sug’urta qilinuvchi tomonlar o’rtasida kelishiladi. O’zbekiston Respu- blikasida jami S. kompaniyalarining S. javobgarligi 3,25 trln. so’mni, yig’ilgan badallar (mukofotlar) tushumlari sum- masi 21,7 mlrd. so’mni, to’langan S. puli (krplamalari) summasi 2,4 mlrd. so’mni tashkil etadi; S. to’lovlarining umumiy tuzilmasida molmulk S.si 70%, shaxsiy S. 6,2%, javobgarlik S.si 5% dan ibo- rat bo’ldi (2002). 2004 y.da O’zbekistonda 20 dan ortiq, shu jumladan 10 ta yirik davlataktsiyadorlik, nodavlat S. kompa- niyalari faoliyat kursatadi. O’zbekiston Respublikasida S. sohasida tartibga soluvchi Qonunchilik hujjatlari, normalari xalqaro Stan- dartlarga muvofiklashtirilgan. Respublikada S.ga oid huquqiy muno- sabatlar O’zbekiston Respublikasining yangi «sug’urta faoliyati to’g’risida» qonuni (2002 y. 5 apr.) bilan tartibga solinadi (yana q. Sug’urta kompaniyalari, Sug’urta xizmatlari bozori). Xo’jayor Shennaev, Bahodir Shamsud- dinov.