Suhravardiylar

Suhravardiylar – mashhur mutasavviflar, Eronning Suhravard sh.da tug’ilgan (12-a.) 3 qarindosh: na- JIB Suhravardiy (1097-1168), Shayx Shahobiddin Abu Hafs Yahyo Suhravardiy (1155-1191) va Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy (1144-1234). Najib Suhravardiy keyingi ikkalasi- ning ustozi bo’lgan. Yahyo Suhravardiy tasavvufda «ishroq» (nur) falsa- fasini yaratgan. Umar Suhravardiy suhravardiylik tariqatiga asos solgan. S, asosan, Bag’dod madrasalarida ta’lim olib, shu erda ijod qilganlar. S. asarlari jahonda ko’p marta nashr etilgan, ammo ularning ta’li- Moti ilohiy ilmga mansub bo’lganidan sobiq sovet davrida e’tibor topmadi. Mustaqillikka erishilgach, axloqodob, qalbilani poklash haqidagi alloma- lar tafakkuri, nasihatlari o’rganila boshlandi. Umar Suhravardiy 35 yoshida Bag’dodda «shayxlar shayxi» darajasiga ko’tarilgan din arbobi bo’lgan. U Iroq mamlakatining elchisi sifatida Iroq, Xorazm, Eron, Saljuqiya orasidagi urushlarni to’xtatgan. Umar Suhravardiy Iroqning Xorazmdagi elchisi bo’lgan. Umar Suhravardiyning o’g’li Shayx Zay- niddin (q. Zayniddinbobo) diniy va ja- moat arbobi sifatida Toshkentga keladi. Omonulla Fayzullaev.