Sulfid rudalari

Sulfid rudalari — me- tallning oltingugurtli (sulfid yoki kolchedanlar), shuningdek, selenli, tel- lurli, mishyakli va surmali birikma- laridan tarkib toptan tabiiy mineral hosilalar. S.r.dan, asosan, Ni, Co, Cu, Zn, Pb, Mo, Bi, Sb va Hg olinadi. Sr. tarkibida sulfidlardan tashqari, no- metall (kvars, kaltsit ba’zan barit, slyuda) minerallar ham bo’ladi. Tarki- bidagi sulfidlar va b. minerallarning o’zaro nisbatiga ko’ra, ya x l i t yoki massiv (sulfidi ko’proq) S.r. bilan tomirli yoki xolxol (nosulfid minerali ko’p) va kompleks (polimetall) S.r. bo’ladi. Oddiy, yoki monometalli va kompleksli yoki tarkibida mis, rux, qo’rg’oshin sul- fidlari bo’lgan polimetall S.r. keng tarqalgan (q. Polimetall rudalar.); ularga mis, kobalt, nikel, surma va si- mob rudalari ham kiradi. Ko’pgina S.r.da Pt, Au, Ag, Cd, In, Se, Te aralashma holida uchraydi. S.r. konlarining kupi endogen konlarga mansub bo’lib, ular orasida gidrotermal konlar ayniqsa ko’p. Ruda tanalari ko’pincha tomir, qatlam, linza, shtok va quvursimon yotqiziqlardan ibo- rat; uzunligi va chuqurligi yuzlab m dan bir necha km ga etadi. Ularda S.r. zaxira- si yuzlab mln. va hatto mlrd. t. ga, ruda tarkibidagi metall birikmalari esa 0,1%dan bir necha o’n %ga etadi. S.r. kon- lari O’rta Osiyoda Qoramozor, Qizilqum, Chatqol, Turkiston tog’larida bor (ya na q. Kolchedanlar).