SULTONQAL’A
SULTONQAL’A — Bayramali sh.dan (hoz. Mari sh., Turkmaniston) 8 km uzoqlikda joylashgan Marv shahar xarobasini tashkil etgan qal’alardan biri. S.da 8-a.dan boshlab aholi gav- jum yashagan. Abu Muslim xukmronligi davri (8-a.ning o’rtalari)da majan ka- nali bo’yiga Ark, jome masjidi va aso- siy bozorlar ko’chirilishi oqibatida S. Marvning ma’muriy markazi sifatida shakllangan va 9-10-a.larda shaharga aylangan. Malikshoh xukmronligi dav- ri (Pa.)da qurilgan yarim aylana mi- Norali va 4 darvozali qal’a devorla- ri hozirgacha saqlanib qolgan. Qal’a 2 qator devor bilan o’rab olingan bo’lib, devor ichining ma’muriy va jamoat bi- nolari joylashgan joyida Ark qurilgan. Shaxarning markazida jome masjidi va Saljuqiylar saroyi bo’lgan. Kosiblar rabodsa, S.ning g’arbida kulollar yasha- gan. Sanjar xukmronligi davrining oxirida ko’chmanchi o’g’uzlar poytaxtni 2 marta talontaroj qilgan (1153)dan keyin S. 1marta inqirozga yuz tutgan. S. 1193 y.da Xorazmshohlar davlati tar- kibida bo’lgan, 1221 y.da esa, mo’g’ullar tomonidan zabt etilgan. Mo’g’ullar Sul- tonband to’g’onini buzib tashlagan, na- tijada Marvning qayta tiklanishi ancha kechikkan. S. xarobasida 13-14-a.larda yana aholi yashay boshlagan va hayot Sdan Jan.ga siljib, Temuriylar hukmronligi davri (14-15-a.)ning yangi shahri — Abdullaxonqal’aga ko’chirilgan. Ad.: Bartold V.V., K istorii merva, Sochineniya, t. 4, M., 1966.