Suv ayg’irlari

Suv ayg’irlari, begemotlar (Hippopotamidae) — juft tuyoqlilar turkumiga mansub kavsh qaytarmaydigan sut emizuvchilar. Terisi qalin, siyrak Yung bilan qoplangan; oyoqlari kalta; tushmug’ining uchki qismi kengaygan; oshqozoni 3 bo’lmali, pastki kurak va qoziq tishlari doim o’sib turadi. Afri- kaning tinch oqadigan va botqoklashgan suv havzalarida yashaydi; o’simlik bi- lan oziqlanadi. Bitta bola tug’adi. 2 urug’ining bittadan turi bor. Od- tsiy suv ayg’iri, ya’ni gippopotam (Yun. hippopotamos — Daryo oti) gavdasining uz. 4,0—4,5 m, dumi 35-50 sm. VAZ- ni 1,3—3,2 (ba’zan 4,5) t. Boshi katta, ko’zlari bo’rtib chiqib turadi. Tana tuzi- lishi va hayoti suvda yashashga moslashgan. Ko’zi, qulog’i va burnini suvdan chiqarib, uzoq vaqt suvda turishi mumkin. Kechasi suvdan chiqib oziqlanadi. Poda bo’lib yuradi; 40— 50 yil yashaydi. Pakana S.a. uz. 170— 175 sm, dumi 15-17 sm, vazni 250— 275 kg; tanasi bochkasimon, past bo’yli, boshi nisbatan kichik va kalta; yakka yoki juft bo’lib yuradi. 35 yil- ga yaqin yashaydi; soni kamayib ketgan. S.a.ni ov qilish man etilgan. Pakana S.a. Xalqaro qizil kitobga kiritilgan.