Suverenitet
Suverenitet (Frans. Souverainete — oliy hokimiyat)— hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. S.ni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy printsipi. U BMT Ustavi va b. xalqaro hujjatlarda mustahkamlab ko’yilgan. Konstitusiya- viy huquq fanida davlat Si, millat Si, xalq Si tushunchalari ishlatiladi. Dav- lat Si — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda to’la mustakilligi. Davlat Si haqidagi goya Jan Boden (16-a., Frantsiya)ga tegishli- dir. Uning fikricha, S. davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda aba- diy, mutlaq, bo’linmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat Si tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlanti- rildi va boyitiddi. O’zbekiston Respu- blikasining Konstitusiyasida davlat Si alohida bobda o’z ifodasini topgan, kon- stitusiyaning 1moddasida «O’zbekiston suveren demokratik respublika» ekan- ligi qayd qilingan. Millat Si — mil – latning to’la hokimiyatini, uning to’la siyosiy erkinligini, o’z milliy hayotini belgilash Real imkoniyatiga egaligini, mustaqil davlatni tashkil qila olishga- cha bo’lgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq Si — xalqning to’la hokimiyatini anglatadi, ya’ni xalq jamiyat va davlat- ni boshqarishda Real ishtirok etish uchun ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy vosita- larga ega bo’ladi. Xalq Si. — barcha demo- kratik davlatlarda konstitusiyaviy tu- zum printsiplaridan biri hisoblanadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi- ning Konstitusiyasida kursatilishicha, «Xalq davlat hokimiyatining birdanbir manbaidir. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi kon- stitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan ido- ralar tomonidangina amalga oshirila- Di» (7modda).