SUVNING RADIOAKTIVLIGI

SUVNING RADIOAKTIVLIGI – er osti, buloq, Daryo, ko’l va dengiz suvla- rida barcha ma’lum radioaktiv moddalar- ning mavjudligi. Tarkibida uran, radiy va radon bulgan suvlar amaliy ahamiyatga ega. Bu moddalar suvga atmosferadan va tuproq hamda tog’jinslaridan yuvilib kelib qo’shiladi. Tog’jinslari tarki- bida radioaktiv elementlar (uran, to- riy, radiy va b.) bulgan minerallar, shuningdek, izotoplari radioaktiv ki- myoviy elementlar (prometiy, poloniy va b.) bor. Suvda tabiiy radioaktiv izotoplar bilan birga yadro portlashi natijasida vujudga keladigan sun’iy izotoplar ham mavjud. Tabiiy radioak- TIV moddalar miqdori kelib chikishiga qarab ko’p darajada farq kiladi. Sun’iy radioaktiv moddalar suv havzalariga at- mosfera yog’inlari va yadro yoqilg’isi ish- lab chiqarish. korxonalaridan chiquvchi oqova suvlar sifatida kelib kushiladi. Radioaktivli suvlardan uran konlari- ni izlab topishda, seysmologiyada (suv- da Rn kontsentrasiyasining uzgarishi er qimirlashidan darak beradi), balneo- logiyada — asab kasalliklari, yurakqon tomir sistemasi, nafas organlari, bu- gim va b. kasalliklarni davolashda foy- dalaniladi. O’zbekistonda radonli mi- neral suvlarning katta koni Samarqand viloyatida «Nagornoe» t.y. stantsiyasi yaqinida topilgan.