Ko’pchiligimiz daryo hamda ko’llar sathida bu hasharotlarning sirpanchiq muz ustida konkichilardek uchayotgani va cho’kib ketmayotganini ko’rganmiz. Ularning suv ustida bemalol yugurishiga nima yordam beradi? Suvo’lchagich deb ataladigan bu hasharotlarga e’tibor bilan qaralsa, ularning uzun oyoqlari uchida obdan yog’ surtilgan tukli yostiq borligini ko’ramiz. U oyog’iga boshmoq kiyib olgandek taassurot uyg’otadi kishida. Suvo’lchagichning qorinchasi ham mumsimon moddaga to’yingan tuklar bilan qoplangan, ana shuning sharofati o’laroq tanasi namlanmaydi va ular suv ustida bemalol yu guradi hamda cho’kmaydi. Ularning oyog’i oltita, old oyoqlari keyingi va o’rtadagi oyoqlaridan ko’ra kaltaroq. Orqa va o’rta oyoqlari harakatlanishi uchun xizmat qilsa, o’tkir tirnoqli old oyoqlari bilan suvo’lchagich suvga tushgan hasharotlar — pashsha va chivinlarni tutgan zahoti o’tkir tirnoqlarini tiqib oladi. Suvo’lchagich shu tariqa suvda yashaydi va shu yerda ovqatlanadi. Hasharotlarning daryo va ko’llar sathida, go’yo ularning masofasini o’lchayotgandek chopib yurishiga ishora etilib, ular suvo’lchagichlar, deb atalgan.
Shchit nimani anglatishini bilasizmi
Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi
Cho’chqaboqar nimani anglatishini bilasizmi
Cho’pon-cho’liq nimani anglatishini bilasizmi
Cho’rtan: cho’rtan baliq nimani anglatishini bilasizmi
Cho’ponlik nimani anglatishini bilasizmi
Cho’nqir nimani anglatishini bilasizmi
Cho’lquvar nimani anglatishini bilasizmi

