Suvyorgan madaniyati
Suvyorgan madaniyati – xo- razm vohasining cho’l zonasiga oid jez davri arxeologik madaniyati (mil. AV. 2ming yillikning 1-yarmi — 1ming yil- lik boshlari). Amudaryoning kad. Delta- si o’ng tomondagi cho’l ichiga yorib kirgani uchun Suvyorgan nomi bilan atalgan. Xo- razm arxeologiyaetnografiya ekspedisiya- si (SP. Tolstov, Ya. G’ulomov, M. A. Itina va b.) tomonidan tadqiq etilgan (1945— 46). Sm. qabilalari, S. P. Tolstovning fikricha, O’rta Osiyoning Jan.G’arbiy VI- loyatlaridan Xorazmga kelgan yangi etnik guruh bo’lib, ularning moddiy madaniya- ti Jan.ning o’troq dehqonchilik madani- yatiga o’xshash bo’lgan. Sm. o’z taraqqiyotida 3 bosqichni (Qamishli, Bozorqal’a, K°vunchi) bosib utgan. S.m.ga oid sopol idishlar yaxshi pi- shirilib, sirti kizilga bo’yalgan, sirtiga to’q qizil rang gul solingan sopol par- chalari, tosh yorg’uchoklar va dehqonchilik qurollari ham uchraydi. Ammo sopollar- ning sirti Jan.ning qad. Dehqonchilik qabilalarining sopol buyumlaridan farq qilib, asosan, to’rsimon chizma naqsh va sxematik boshoq tasviri bi- lan bezatilgan. Bu topilmalar mil. AV. 2ming yillikning o’rtalarida O’rta Osiyo qabilalarining yirik ko’chishlaridan dalolat beradi. Jan. va Jan.Sharqiy yo’nalishlardagi 2yirik ko’chish mil. AV. 2ming yillikning oxiri — 1ming yillikning boshlariga to’g’ri keladi. Bu bosqichda sm. jamoalari bo’lgan qabilalar ham faol ishtirok etgan. Ar- xeologik topilmalar ushbu shim. chorva- dor qabilalarning O’zboy, Atrek, Tajan, Murg’ob, Amudaryo va Sirdaryo irmokla- ri bo’ylab harakat qilganliklarini ko’rsatadi. Mil. AV. 1ming yillikning boshlariga kelib, sm. o’rniga Amirobod madaniyati paydo bo’lgan. Ad.: Tolstov S. P ., Drevniy Xorezm, M., 1948; Kddimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; G’ulomov Ya. G’., Xorazm- ning sug’orilish tarixi, T., 1959.