Suyunchxo’jaxon
Suyunchxo’jaxon, Suyunchakxon, Suyunchik Sulton (taxm. 1452-1525, Toshkent) — shayboniylardan bo’lgan Toshkent xoni (1503— 25). Abulxayr – xon va Ulug’bekning qizi Robiya Sulton begimning farzandi. O’zbek ulusina hukmronlik qilish uchun Shayboniylar- ning O’rusxon, Kirayxon va Jonibeklar bilan bo’lgan kurashida qatnashgan. Shay- boniyxon bilan birga Movarounnahrni bosib olihda faol ishtirok etgan. Shay- boniyxon Movarounnahrni egallagach, Samarqandni poytaxt qilib, Turkiston- ni Ko’chkunchixonga, Toshkentni S.ga ber- gan. Xoja Abulbaqo ibn Bahouddinning «Jome almaqomot» asari (17-a.)da yozili- shicha, S. boshliq Shayboniylar qo’shini Toshkentni qamal qilganda Shayx xo- vand Tohurning avlodi — Xoja Tohir shaharni qahramonona mudofaasiga rahbarlik qilgan, biroq shahar S. qo’liga o’tgan. S.ning chig’atoiylarlan Sulton sa- idxon bilan Toshkent uchun kurashi xalq boshiga ko’p kulfatlar keltirgan. 1509 y. 23 Fev.da Sayxun (Sirdaryo) bo’yida qozoq xonligiga qarshi otlangan Shayboniyxon huzuriga boshqa sultonlar qatori S. ham Toshkentdan 13 ming kishi- lik qo’shin bilan yordamga kelgan. Ruzbe- xon Isfahoniyning yozishicha, bu qo’shin o’zining jipsligi, jangovarligi bilan alohida ajralib turgan va jangda katta shijoat ko’rsatgan. 1510 y. Shayboniyxon o’limidan so’ng Samarqanddagi Bibi- xonim masjidida Shayboniy sultonlar Toshkent hokimi S.ga qasamyod qilganlar, S. sulola boshlig’i deb e’lon qilingan. S qarindoshurug’lariga Shayboniyxon tortib olgan mulklarini qaytarib ber- gan. Lekin shunga qaramay Shayboniy sultonlar oilasidagi ittifoq o’z o’rniga tushmagan. 1510 y. shayboniylarning yoshi ulug’i Ko’chkunchixon yangi xon etib saylangan. 1511-12 y.larda S. Shaybo- niylarning Boburga va Sulton Said- xonga (1512-14) qarshi kurashlarida qatnashgan. S. esdaliklari Maxmud ibn Usmon Ko’histokiyning «Tarixi Abul- xayrxoniy» asariga asos qilib olingan. S qabri Toshkentdagi Baroqxon madrasa- sida joylashgan. Ad.:Axmedov B. A., Istorikogeo- Graficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv., Pismennie pamyatni- ki, T., 1985; Gosudarstvo kochevo’x O’zbekov, M., 1965; Istoriya O’zbekistana, t.Z, T., 1993.