Suyuq o’g’itlar
Suyuq o’g’itlar — sanoatda ish- lab chikariladigan va tuproqqa suyuq holda solinadigan mineral moddalar. S.o’.ga suvsiz ammiak (82% azotli), suv- li ammiak (18-20% azotli), ammiakat- lar (30-50% azotli), kaliy tuzlari- ning eritmalari (14% K2O li), fosfat kislota, suyuq kompleks o’g’itlar kira- Di (q. Kompleks o’g’itlar). S.o’.ni aso- siy o’g’it hrlida va vegetasiya davrida o’simliklarni oziqlantirish uchun ishla- tish mumkin. Ular tuproqqa shudgorlash yoki ekishdan oldin solinsa, tuproqqa yaxshi aralashadi, suv ta’sirida yuvi- lib ketmaydi, hosilni ammiakli seli- tra solingandagiga nisbatan oshiradi. O’zbekistonda suyuq kompleks o’g’itlar ishlab chiqarilishi 1979 y.dan boshlan- gan. Suyuq kompleks o’g’itlarning kimyo- viy tarkibi: 10% N, 34% R2O5, 0,6% G’eO3, 0,7% A12O3, 0,1% Sao, 0,01% Mg, 0,02% F dan iborat. Suyuq kompleks o’g’itlar kontsentrasiyali polifosfat kislotani yuqori qaroratda (280-350°) gaz holidagi ammiak bilan neytrallab, keyin ammiakli suvda eritib olina- Di. Suyuq kompleks o’g’itlar fosforni qiyin o’zlashtiruvchi ekinlar uchun juda qo’l keladigan fosforli o’g’itdir. Tar- kibida 27% gacha azot, fosfor, kaliy bo’lgan suyuq kompleks o’g’itlarning ekin- lar uchun agrokimyoviy samaradorligi darajasi ularning qo’llanish texnolo- giyasiga bog’liq. Suyuq kompleks o’g’itni yozning oxiri va kuzda ham erga solish mumkin. Su. plug yoki kultivatorga Max- sus o’rnatilgan o’g’itlagichlarda erga (en- gil tuprokli erlarga 16-20 sm, og’ir tuprokdi erlarga 12-5 sm chuqurlikda) solinadi. Ad.: Kiselev A. V., Romanovskaya L . I ., Primenenie jidkix slojnix udobre- niy v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1981. Risqivoy Yoqubov.