SVERDLOVSK VILOYATI

SVERDLOVSK VILOYATI – RF tarkibidagi viloyat. 1934 y. 17yanv.da- tashkil qilingan. Mayd. 194,8 ming km2. Aholisi 4489,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (88,7% ), shuningdek, ta- tar, ukrain, boshqird, Mari, nemis va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 87,5%. Markazi — Ekaterinburg sh. Boshqa yirik shaharlari: Nijniy ta- gil, KamenskUralskiy, Pervouralsk, Asbest, Serov. 30 ma’muriy tuman, 47 shahar va 100 shaharcha bor. SV. O’rta Uralda, Shim. Uralning Sharqiy yon bag’irlarida va yondosh tekis- liklarda, asosan, Uraldan sharkda joy- lashgan. Viloyat hududining 1/4 kismi Ural tog’lari b-n band. Eng baland joyi (1569 m) shim. Uralda. Sharkda G’arbiy Sibir tekisliklari boshlanadi va VI- loyat hududining 2/3 qismini tashkil etadi. Foydali qazilmalardan temir rudasi (Kachkanar, Visokoe, Blagodat tog’lari), mis rudalari, boksit (shim. Ural boksit Havzasi), oltin, platina, asbest, o’tga chidamli materiallar, sulfat kolcheda- ni, asl tosh konlari bor. Qo’ng’ir ko’mir va toshko’mirning katta zaxiralari mav- jud. Iklimi kontinental, tekisliklar- da yanv.ning o’rtacha t-rasi -20°, iyul- niki 16-19°. Vegetasiya davri 130 kun. Yiliga 500— 350 mm yog’in yog’adi. Daryo- lari Tobol havzasiga mansub. Gidroe- nergiyaning umumiy resurelari 0,7 mln. kVt. Tog’larda, asosan, igna bargli tayga (asosan, qoraqarag’ay), qayin o’rmonlari ham bor. Ural Sharqining shim.da podzol tuproklarda qarag’ay o’rmonlari o’sadi, pastqam joylarda qoraqarag’ay aralash kedr taygasi mavjud. Hududining 61% o’rmon. Yovvoyi hayvonlar (tiyin, tul- ki, suvsar, quyon, sobol va b.) ovlanadi. Viloyat hududida Pishmabo’yi borzor milliy bog’i, Visim, Denejkin Kamen qo’riqxonalari bor. Botqoklik ko’p. Sanoatining asosiy tarmoklari: qora metallurgiya (S.v.da Rossiyada- gi qora metallar prokatining 12% va po’latning 13% ishlab chi qariladi), rangli metallurgiya (asosan, mis, alyu- miniy, nikel i.ch.), mashinasozlik (konshaxta va metallurgiya jihozlari, turbinalar, Rossiya emozuqa yig’ish kom- baynlarining 72%, katta yuk tashuvchi Rossiya vagonlarining 43%, generator- lar, yuqori voltli apparatura, kompres- sorlar, minorali kranlar, metall kesuv- chi stanoklar, kimyo, o’rmon va yog’ochsozlik sanoatlari uchun asbobuskunalar; harbiy yo’nalishdagi mahsulotlar i.ch.ning ancha qismi, aviasiya optikasi, raketa maj- mualari, tanklar va b.; xalq iste’moli mollari — kir yuvish mashinalari, ra- dioapparatura, changso’rgichlar, oshxona kombaynlari va b.), kimyo (plastmassalar, mineral o’g’itlar, texnik rezina buyumla- ri, shu jumladan, avtomobil shinalari; oltingugurt kislotasi, kimyo reaktivla- ri va b.), o’rmon va yog’ochsozlik (fanera, tsellyuloza, qog’oz), qurilish material- lari, engil (to’qimachilik, tikuvchilik, poyabzal, mo’yna), oziq-ovqat sanoatlari korxonalaridir. Korxonalardan eng yiriklari: «Uralvagonzavod», «Uralmash» «Ura- lelektrotyajmash», «Uralximmash» i.ch. birlashmalari, mashinasozlik, Turbo- motor, elektrotexnika, «Sverdlesmash», Alapaev mexanika, Kushva yog’ochsozlik stanoklari, «Lesxozmash», Ural optika- mexanika z-dlari, «avtomatika» ilmiy i.ch. birlashmasi va b. Engil sanoat kor- xonalari Ekaterinburgda joylashgan. Beloyarsk AES, Refta, O’rta Ural, yuqori Tagil, quyi tura, Serov issiklik elektr st-yalari ishlab turibdi. Q.x.ning etakchi tarmog’i — chorvachi- lik. Asosan, qoramolning sut va gusht- sut zotlari boqiladi, parrandachilik, cho’chqachilik, ko’ychilik va echkichilik ri- vojlangan. Ozuqa, don ekinlari, sabza- vot (yirik shaharlar atrofida), kartosh- ka ekiladi. Daryolarida kema qatnaydi. «Kolvo» xalqaro aeroporti va mahalliy ahamiyatdagi «Uktus» aeroporti (Ekate- rinburg) bor. 1991 y.dan Ekaterinburgda metropoliten ishlab turibdi. T.y.lar uzunligi -3570 km. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uz. 10317 km. Uren- goy — Pomari — Ujekaterinburg gorod tranzit gaz quvuri va Surgut — Perm — Nijniy Novgorod neft quvuri o’tadi. Kuri, Nijnie Sergi, Samosvet, Mol- taevo Ozero va b. kurortlar mavjud. 14 oliy o’quv yurti (shu jumladan, Ural un- ti), 10 teatr, 22 muzey bor.