Syuan Szan

Syuan Szan (taxm. 600664) XI- toylik sayyoh, Budda dini rohibi. 627 y. Changanda hindistonlik buddist olim Po’mido’lo bilan tanishib, uning ta’si- rida Hindistonga borishga axd qiladi. Tan davlati hududidan boshlangan (629) S.Ts.ning safari Turk xoqonligi ta’- siri ostidagi yo’llardan o’tgan. Xesi yo’lagi (koridori), Iverg’ul (hoz. Qumul, xitoycha xami) orqali Turfonga kel- gan. Bu erda u Turfon (Gaochan) dav- lati xukmdori xuzurida bo’lgan. S.Ts. Qorashar, Kuchar, Aqsu, Muzrat dovoni, Issiqko’l, Taroz (Suye), Choch, Samarqand, Buxoro, temir darvoza (Temenguan), Afg’onistonning shim. viloyatlari, Hindukush tog’lari orqali Hindistonga borgan (630). U erda barcha buddizm mada- niyati markazla rini, mashhur ibodatxo- nalarni ziyorat qiladi. Hindistonning shim. sharqidagi Nalanda (Nalanto) ibodatxonasida 5 y. tahsil oladi. 640 y. bu erda 18 mamlakatdan kelgan vakillar ishtirokida o’tkazilgan katta xalqaro an- jumanda ma’ruza qilib yirik buddaviy rohiblar qatoridan joy oladi. S. Ts. ko’p noyob kitoblarni olib 645 y. Changanga qaytib keladi. Tan hukmdori Li Shimin (627-650 y.larda Tayzung nomi bilan taxtni boshqargan) uni Loyangdagi saroy- iga taklif qilib, Markaziy Osiyodagi mamlakatlar, xalqlar, iqtisodiy ahvol va harbiy kuchlar haqida suhbatlashgan hamda bu haqda batafsil yozma ma’lumot berishni topshirgan. Bu davrda tan Su- lolasi Turk xoqonligiga qarshi kurash olib borayotgani tufayli bunday ma’lu- motlar nihoyatda zarur edi. S.Ts.ning yo’l xotiralari asosida yozgan «da Tang siyuji» («Buyuk Tang sayohatnomasi») asari Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda muhim manbadir. S. Ts. bundan tashqari o’zi bi- lan Hindistondan keltirgan kitoblar- ni Xitoy tiliga tarjima qilish bilan shug’ullangan. Ma’lumotlarga ko’ra, u jami 1335 bobdan iborat bo’lgan 74 ta asarni tarjima qilgan. S.Ts. Chang’an- dagi «Yuyxua shi» ibodatxonasida vafot etgan. Abdulahad Xo’jaev.