Syuita
Syuita (Frans. suite — qator, iz- chillik) — cholg’u musiqaning asosiy turkumli shakllaridan biri va musiqiy janr. Qismlar tartibi, soni, xarakteri- ning ma’lum qonunqoida bilan kat’iy chegaralanmaganligi, aksariyat hollarda qo’shiq va raqs bilan uzviy bog’liqligi S.ni Sonata va simfoniyadan ajratib turadi. Bir necha mustaqil (odatda, kon- trast) qismlardan tashkil topib, ular umumiy badiiy maqsadda birlashtiri- ladi. S.ning ilk ko’rinishlarida 16-a. ga xos sekin va tez sur’atli raqslar qiyoslangan. 17-a.da I.Ya. Froberger ijo- dida qadimiy raqs S.ning mumtoz na- munasi yuzaga kelgan. U 4 raqs — o’rtacha sur’atli allemanda, tez — kuranta, sekin — sarabanda va jadal — jiga- dan tashkil topib, lyutnya, klavesin, or- kestr va b. uchun mo’ljallangan. Klassik S.ning yuksak namunalarini I.S.Bax va g.F.Gendellar yaratgan (18-a.). Dra- matik spektakllarga yozilgan musiqiy lavhalardan tuzilgan S.lar (E. Grigning «Per Gyunt», J. Bizening «Arlezianka»), shuningdek, balet slari (P. Chaykovskiy, D. Shostakovich, I. Stravinskiy va b.), ki- nofilmga yozilgan musiqiy lavhalardan tanlangan S.lar (S. Prokofev, G. Svi- ridov) ham keng o’rin olgan. «S.»atamasi bir qancha raqslardan iborat musiqali xoreografik kompozisiyani ham bildi- radi. 19-20-a.larda raqsiy bo’lmagan (R. Shuman, «Karnaval»; A. Shyonberg, For- tepiano uchun S. va b.), ba’zan dasturli (N. RimskiyKorsakov, «Shahrizoda»; M. Musorgskiy, «ko’rgazmadan suratlar»), vokal (D. Shostakovich, «M.Svetaevaning 6 ta she’ri») S.lar yaratildi. O’zbekiston kompozitorlaridan V. Uspenskiy, A. Kozlovskiy, M. Burhonov, M. Ashrafiy, S. Yudakov, D. Soatqulov, D. Zokirov, B. Gienko, S. Boboev, Sayfi Jalil kabilar simfonik va o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri, shuningdek, fortepiano va b. sozlar uchun turli S.lar yaratishgan.