Syujet

Syujet (Frans. — predmet, maz- Mun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, birbiri bilan o’zaro bog’liqlikda kechadigan, qahramonlar o’rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatic va liroepik turdagi badiiy asarlarda S. mavjud bo’ladi. g’ar bir adabiy turda S. o’ziga xos xarakterna ega. Ko’pgina lirik asarlarda ko’zga yaqqol tashlanib turadi- gan S. tizimi yo’q. Ulardagi histuyg’u, o’ykechinmalar rivoji qaysidir ma’- noda lirik asar sini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki lirik asarda voqealar tizimi bo’lmasligi ham mum- kin. Ayni choqda, S faqat voqealar tizi- midan ham iborat emas. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining o’zaro munosabatiga ko’ra S asosan xronikal (voqeaband) va kon- tsentrik (voqeaband bo’lmagan) turlarga bo’linadi. Xronikal S. da voqealar ora- sidagi vaqt munosabati etakchilik qiladi (mas, D. D. Defonnnt «Robinzon Kruzo», Servantesnish «Don Kixot», Oybeknit «Navoiy», P. Kpdug’>ovning «Yulduz- li tunlar» asarlari). Kontsentrik S.da esa asarda tasvirlangan voqealar ora- sidagi sabab — natija muhim ahamiyat kasb etadi (mas, Pushki»ning «Evgeniy Onegin», O. Yoqubovning «Muqaddas», «Ulug’bek xazinasi» asarlari). Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi S.larning har ikki turi uyg’unligidan tarkib topgan shakli ko’proq uchraydi (mas, AB- dulla Qodiriyshng «o’tgan kunlar», Cho’lponning «kecha va kunduz» asarlari). Badiiy asar Si tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadi- gan qahramonlar masalasiga bevosita bog’liq. Chunki S. asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng mu- ximi, haqiqiy badiiy asarlarda avvalo qahramonlar o’z dardidunyosi bilan namo- yon bo’ladi. F.M. Dostoevskiyning «Ji- noyat va jazo» romanida Raskolnikov, A. Qaxdorning «Sarob» romanida Saidiy, Tog’ay Murodnit «Otamdan qolgan da- lalar» romanida Dehqonqul obrazlari atrofida voqealar san’atkorona tarzda uyushtirilgan. Badiiy asar S. i ekspozisiya, tugun, voqea rivoji, kulminasiya, echim singa- ri bir kdgor unsurlardan tarkib topadi. Mas, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi Xudoyorxon bilan An- varning to’qnashuvi epizodi asarning kulminasion nuktasi sanaladi. So’ngra voqealar echimi keladi. Badiiy asarda S. unsurlari ba’zan turlicha xajm va tur- licha tartibda kelishi mumkin. Shuning- dek, ayrim asarlarda ekspozisiya yoki echim singari S. unsurlari bo’lmasligi g’am mumkin. Bu aslo kamchilik emas, AK- sincha, o’quvchini badiiy tafakkurga chor- laydi, tasavvurini kengaytiradi. Ba’zi adabiyotshunoslar prolog (mukaddima) va epilog (xotima)larni xam S. elemen- ta sifatida ko’rsatadilar (A Qodiriy romanlarida bu unsurlar mavjud). S. kompozisiya, konflikt, fabula kabi ada- biy tushunchalar bilan ham mustahkam bog’langan. Ad.: Izzat Sulton , adabiyot nazariya- si, T., 1979; Quronov D., Adabiyotshunos- likka kirish, Andijon, 2002. Bahodir Karimov.