Tahrir

Tahrir — matbuotda bosish, radio, televideniedan o’qish, ko’rsatish va b. maqsadlar uchun mo’ljallangan matnning tahririyat xodimi (muharrir, adabiy xodim va b.) tomonidan ishlanish jarayoni. Shartli ravishda adabiy, ilmiy, siyosiy T. farqlanadi. Asarning mazmuni ustidagi T. ilmiy va siyosiy T. qisoblansa, qo’lyozmaning shakli (kompozisiyasi va uslubi) ustidagi T. adabiy T. hisoblanadi. Amaliyotda T. — yagona ijodiy jarayon bo’lib, muallifning o’ziga xos uslubini saklagan holda mazmun va shaklda mukammallikka erishish maqsadiga qaratiladi. Nashrning badiiy bezash va bezak materiallarini tayyorlash jarayoni badiiy T., matnni matbaada kanday terish (shrift turi, o’lchami va b.), qanday sahifalash va b.ni belgilab berish texnik T. deyiladi. Noshirlikda kitob qo’lyozmasini tayyorlashda muharrir badiiy va texnik muharrirlar bilan birgalikda ijodiy ish olib boradi.