TAKSOFON
TAKSOFON, telefonavtomat — abonentni boshqa abonent bilan bir marta ulab beradigan ommaviy telefon apparati. Mahalliy (shahar, qishloq) aloqa, shaharlararo aloqa, ham mahalliy, ham shaharlararo aloqa Taksofonlariga bo’linadi. Asosiy qismi: elektr zanjirlari bloki bo’lgan tanga (yoki jeton) tekshirish qurilmasi va pul yiggich. Elektr zanjirlari bloki Taksofonni telefon styasi bilan ulaydi va uzadi, nutqlarni qabul qiladi va uzatadi; tashlangan tanga (yoki jeton) ni tekshiradi, abonent javob bermasa, tanga (yoki jeton)ni qaytaradi. Taksofonda raqami 3 xonadan kam bo’lgan (01, 02, 03 va boshqalar) maxsus xizmat idoralari bilan pulsiz gaplashish mumkin. Taksofonga tanga yoki maxsus jeton tashlanadi. Maxsus kartochka bilan ishlaydigan Taksofonlar ham mavjud (2004).