TAKSONOMIYA
TAKSONOMIYA (Yunoncha taxis — joylanish, qator va nomus — qonun) — sistematikaning organizmlarni tasnif qiladigan nazariy va amaliy bo’limi. Terminni shved botanigi O. Dekandol (1813) tavsiya etgan. Ba’zan Taksonomiyadan sistematika va tasnif sinonimi sifatida foydalaniladi, lekin sistematika, odatda, organizmlarning xilmaxilligi va ularning o’zaro munosabatlari to’g’risidagi, Taksonomiya esa tasnif printsiplari, usullari va qonuniyatlarini o’rganadigan fan hisoblanadi. Tasnifning an’anaviy usullari organizmlarning o’xshashligi va ular belgilari gomologligini hamda kelib chiqishi umumiyligini aniqlashga asoslangan. Taksonomiyaning asosiy vazifasi organizmlar tabiiy tasnifini ishlab chiqarishga imkon beradigan taksonomik kategoriyalar va ular ierarxiyasi to’g’risida rasional ta’limot yaratishdan iborat.