TALAB QONUNI

TALAB QONUNI – mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar miqdori o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlikning mavjudligi. Talab qonuni orqali talabni tovarlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Baho bilan talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Tovarlarning va ko’rsatilayotgan xizmatlarning baholari bilan talab hajmi o’rtasida bog’liqlikbo’ladi. Ana shu bog’liqlikka talab qonuni deyiladi. Uning asosida nima yotishini tushunish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur: insonga mahsulotning keyingi birliklari borgan sari kamroq qoniqishberadi, xaridor qo’shimcha mahsulotlarningbahosipasayib borishi sharoitida sotib oladi. Yuqoriroq darajada talab qonunini daromad va o’rnini bosish samarasi bilan tushuntirish mumkin. Daromad samarasi mahsulot bahosi pasayishi xaridorni sotib olish qobiliyatini oshiradi va buning natijasida u oldingiga nisbatan bu tovardan ko’proq tovar sotib oladi. Masalan, mol go’shtiga bahoning pasayishi xaridor daromadining sotib olish quwatini to’ldiradi va u oldingiga nisbatan ko’p hajmda mol go’shti sotib oladi. O’rnini bosish samarasida baho past bo’ lgan sharoitda insonda arzon tovarni sotib olishga rag’bat paydo bo’ladi, qimmatga nisbatan, masalan, mol go’shtiga baho past bo’lganda, xaridorlar qo’y yoki parranda go’shti o’rniga mol go’shtini sotib oladi. Daromad samarasi bilan o’rnini bosish samarasi birga qo’shiladi. Natijada iste’molchilarda mahsulotlarni ko’proq miqdorda qimmat emas, balki arzon baholarda sotib olishga layoqat va xohish vujudga keladi. Talabni faqat baho aniqlamaydi unga boshqa omillar, xususan, xaridorlar didlarining o’zgarishi, bog’liq tovarlar baholarining o’zgarishi, iste’molchilaming kutishlaridagi o’zgarishlar va h.k. tasir ko’rsatadi.