TALAB HAJMINING O’ZGARISHI
TALAB HAJMINING O’ZGARISHI – tovarlar narxining o’zgarishi natijasida xarid qilinayotgan tovarlar miqdorining o’zgarishi. Masalan, guruch narxining pasayishi unga bo’lgan talab hajmini oshiradi va aksincha. Talabga ta’sir etuvchi g’ayrinarxiy omillar – talabga narxdan bo’lak tasir etuvchi omillardir. Bular
- Iste’molchilar didlarining o’zgarishi. Masalan, jismoniy sog’lom bo’lish keng yoyilsa, bunda sport anjomlariga talab oshadi.
- Sotib oluvchilar sonining o’zgarishi. Masalan, aholining kamayishi xaridorlaming kamayishiga olib keladi, buning natijasida tovar va xizmatlarga bo’lgan talab kamayadi.
- Daromadlarning o’zgarishi, daromadlarning o’sishi insonlarning mahsulot sotib olish imkoniyatlarini oshiradi, bu esa talabning o’sishiga olib keladi va aksincha.
- Bir-biriga bog’liq tovarlar baholarining o’zgarishi.
- Iste’molchilarning kutishidagi o’zgarishlar. Masalan, biron davlatda iqtisodiyot keyingi yilda tanazzulga yuz tutishi kutilmoqda, bu esa inflyatsiyaning o’sishi demakdir. Buning natijasida insonlarning ko’chmas mulk, uzoq muddat ishlatiladigan uy-ro’zg’or anjomlariga bo’lgan joriy talabi oshadi.


