TAMBOV
TAMBOV — Rossiya Federatsiyasi Tambov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Sna daryosidagi pristan. Aholisi 316,9 ming kishi (1998). 1636 yilda Moskva davlati tomonidan Janub hududlarni egallash maqsadida qal’a sifatida barpo etilgan. 1719 yildan Tambov provintsiyasi, 1779 yildan namestnichestvosi, 1796 yildan gubernyasi markazi. Rossiya Federatsiyasining yirik industriya markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (kimyo sanoati uchun asbobuskunalar, priborlar, avtomobillar va qishloq xo’jaligi. mashinalari uchun ehtiyot qismlar), kimyo (bo’yovchi moddalar, rezinaasbest buyumlari) va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik, mebel sanoati, issiklik elektr markazi bor. Universitet, 11 o’rta maxsus bilim yurti, ilmiy tadqiqot institutlari, drama, qo’g’irchoq teatrlari, filarmoniya, kartinalar galereyasi, o’lkashunoslik muzeyi, G.V. Chicherin uymuzeyi mavjud.