TAROZIY
TAROZIY, Sayid Abu Nasr Mubashshir (1896, Avliyoota — 1977, Qohira) — ulamo, adib. Toshkentdagi Abulqosim, Buxorodagi Mir Arab madrasalarida o’qidi. Taniqli ilohiyotchi Shayx Muhammad alasaliy ashshomiy (Shomiy domla)dan saboq oldi. 20-yillar boshida avj olgan xudosizlikka qarshi «Qur’on va nubuvvat» («Qur’on va payg’ambarlik») kitobini yozdi. Taroziyning o’zbek tilidagi bu kitobi fors, Arab tillarida yozilgan boshqa asarlari bilan birga ko’p o’tmay sho’rolar tomonidan musodara qilindi. Taroziy «Ulamoi Turkiston» jamoasining jurnali — «Izoh ulmarom» tahririyatida ishladi (1923), Taroz shahri diniy idorasiga rahbarlik qildi, maktablar ochib Islom dinini targ’ib etdi. Uning bu faoliyati sho’rolarga yoqmas edi. Taroziy 1930 yil vatanini tark etishga majbur bo’ldi. Muhojirlik (Afg’oniston, Misr)da yashab ilmiyijodiy ish bilan shug’ullandi. Taroziyning Islom ilohiyotiga oid 47 asari bor, uning diniy mavzudagi makrlalari Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iroq, Livan, Hindiston, Yaponiya, Pokiston, Indoneziya, Afg’onistonda chop etilgan.