Tebranishlar

Tebranishlar — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Mas., soat mayatnigining tebranishi, cholg’u asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning tebranishi va b. shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va b. T.ga ajraladi. T. tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Ko’pchilik hollarda ular salbiy ta’sir qiladi. Relslarning qo’shilish joyidan utayotganda poezdning g’ildiraklari beradigan turtkilar ko’prikning tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining tebranishiga, samolyot qanotlarining tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda T.ni xavfli chegaragacha kutarilishiga yo’l qo’ymaslik uchun tegishli choratadbir ko’riladi. Shunga qaramasdan T. texnikaning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Mac, radiotexnika tebranma jarayonlarga asoslangan. Tebranayotgan tizimga ko’rsatilayotgan ta’sir xarakteriga ko’ra, T. erkin T., majburiy T., Avto T. va parametrik T.ga bo’linadi. Muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin o’zicha tebranadigan tizimda yuz beradigan T.ga erkin T.; davriy ravishda o’zgaruvchi tashqi kuch ta’siri ostida bo’ladigan T.ga majburiy T. deb yuritiladi. Avtotebranishlar vaqtida majburiy T. dagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar ta’sir qiladi, biroq bunday ta’sir ko’rsatilishi zarur bo’lgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning o’zi belgilaydi, tashqi ta’sirni tizimning o’zi boshqaradi. Mac, mayatnikli soatda mayatnik, ko’tarib qo’yilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu turtkilar mayatnik o’rta holatdan o’tayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik T. vaqtida tashqi ta’sir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan ipning uzunligi davriy ravishda o’zgarib turadi. Eng sodda tebranish garmonik T.dir. Garmonik T.da tebranuvchi kattalik vaqt bo’yicha sinus yoki kosinus qonuni bo’yicha o’zgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga ko’ra juda muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan T. o’z xarakteri bo’yicha garmonik T.ga juda yaqin; boshqacha ko’rinishdagi davriy T.ni ustmaust tushgan bir necha garmonik T. sifatida tasavvur qilish mumkin. Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha bo’lishiga qarmay, ulardagi T.ning o’ziga xos xususiyatlari bir xil qonuniyatga bo’ysunadi. Garmonik T.ning o’zaro qo’shilishidan turli T., mas., bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan o’zaro perpendikulyar ikkita garmonik T. yig’indisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning traektoriyasi to’g’ri chiziq, aylana yoki ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita garmonik T. yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining traektoriyalari g’oyat murakkab chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb yuritiladi. Garmonik T.dan iborat turlicha murakkab T. mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va b.fan hamda texnika sohalarida ko’p uchraydi. Ad.: Malov N. N ., Osnovo’teorii kolebaniy, M., 1971; Detlaf A. A., Yavorskiy B. M., Kurs fiziki, M., 1989. Abror No»monxo’jaev.