Telefoniya

Telefoniya — telefon aloqata doyr omillarni o’rganish va bunday aloqani amalga oshirish uchun mo’ljalangan apparatlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi fan va texnika sohasi. Ilmiy-texnik fan sifatida T. tovush maydoni xossalarini o’rganish; tovush o’zgartirgichlar va telefon apparatlarini hisoblash va loyihalash; ko’p kanalli telefon aloqa texnika vositalarini ishlab chiqish; telefon apparatlari va telefon aloka traktlari orqali uzatilayotgan tovush sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqish; telefon styalarining kommutasiya va boshkarish apparatlarini hisoblash va loyihalash; telefon tarmoqlarini loyihalash; kommutasiya apparaturasining ishini nazorat qilish va ishonchligi (puxtaligi) ni oshirish usullarini ishlab chiqish va b. masalalar bilan shugullanadi. T.ning asosiy vazifalaridan biri telefon alokaning yangi zamonaviy tizimlari va apparatlarini ishlab chiqish va amalda joriy qilishdan iborat. Bunda elektronika va elektron texnika yutuqlaridan foydalaniladi. Telegraf aloqaning yangi zamonaviy samarador texnikaviy vositalari — kvazielektron va elektron kommutasiya vositalari, uyali va raqamli, o’zi javob beruvchi va qayd qiluvchi telefon apparatlarini yaratishda T. muhim ahamiyat kasb etadi.