Temir davri, ilk temir davri
Temir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish. xo’jaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan so’ng insoniyat hayotida sodir bo’lgan tarixiy bosqich. Bu davr xo’jalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. «T.D.»atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo’lsada, fanga 19-a.ning o’rtalarida daniyalik arxeolog K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. AV. 3ming yillikning 1yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. AV. 2ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. AV. 11-a.dan boshlab Falastin, Suriya, kichik Osiyo, Zakavkaze, Hindiston va Xitoyda xo’jalik va harbiy qurolaslahalar yasashda temirdan keng miqyosda foydalanilgan, so’ngra temir asboblar yasash Eron va O’rta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan tashkari) Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va shim. mintaqalarda 16-17-a.larda ma’lum bo’lgan. Temir tabiatda yombi sifatida uchramaydi. U ruda zarrachalari to’plamini yumshoq xamirsimon holatga kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini 900— 1350° atrofida qizdirib maxsus ko’ralarda boskrndan konussimon nay orqali havoni puflab kuchaytirish yo’li bilan bajarilgan. Ko’ra tubida krisa (1 — 5 kg lik g’alvirak temir bo’lagi) hosil bo’lib, uni olovda qizdirib, suvga botirib, sandonda bolga bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq, undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past bo’lgan. Mil. AV. 9-7-a.larga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni po’latga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab bo’ladi. T. D.da ishlab chiqarishda buyuk texnika o’zgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati uning ishlab chiqarish.da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi.da gemir qurollardan foydalanishga o’tish katta voqea bo’ldi. Chunki deg’qonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi mustahkam moslamalar paydo bo’ldi. T.D.da dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. xo’jaligiga aylandi. Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xo’jaliklarining rivojlanib borishi shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan o’zgarishiga olib keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va o’zaro ayirboshlash savdo markazita aylanib, shaharlar qad ko’tardi. Ular xom/isht va paxsadan bino qilingan baland va qalin devorlar bilan o’rab olindi. Shunday qilib, temir va po’lat buyumlardan keng ko’lamda foydalanish O’rta Osiyo shag’ar va qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali ta’sir etdi. O’zbekistonda T.D.ga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I. Terenojkin va ya. G’ulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. O’zbekiston hududida T.D. yodgorliklari mil. AV. 8-6-a.larga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Farg’ona vodiysida o’rganilgan; Ko’zaliqir, Qal’aliqir va Dingilja singari qad. qal’a va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak qabristonqo’rg’onlari, Bo’kantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. T.D.da qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sug’orish inshootlari vujudga kelgan. 1960—70y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari o’rganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. AV. 6— 4-a.larga oid uyjoy qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyro’zgor va deqqonchilik buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda T.D.ga oid Chimqo’rg’on yodgorligi (1972) o’rganildi. 1973 y.da Chordara istehkomi (Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi. T. D.ga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyabo’g’iztepa va Burchmulla xazinasi, Farg’ona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida o’rganilgan. 80-90 y.lardan Ko’ktepa (Samarqand viloyati), Erqo’rg’on va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. AV. 7-6-a.larga oid Nodir obidalarda arxeologik qazishlar o’tkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Sa’dullaev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov, B. Matboboev va b.ning hissasi katta bo’ddi. T.D.ga oid yodgorliklarning tadqiqot natijalari, shubhasiz, O’zbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini o’rganishda samarali natijalar bermoqda. Chunki, T.D.da mamlakatimiz hududida Xorazm, Baqtriya, Sug’d, Choch va Farg’ona kabi qad. tarixiymadaniy o’lkalar shakllanib, katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sug’d mahalliy hokimlar konfederasiyasi, Qang’davlati va Farg’ona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan edi. Ad..Tolstov S. P ., Drevniy Xorezm, M., 1948; Filanovich M. I., Drevniy Tashkent, T., 1973; Suleymanov R. X., Drevniy Naxshab, T., 2000. Abdulahad Muhammadjonov.