Temir yo’l transporti

Temir yo’l transporti – yuk va yo’lovchilarni Lokomotiv va motorvagonlar vositasida t.y. bo’ylab tashiydigan transport turi. Uning paydo bo’lishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, tog’kon va metallurgiya sanoati taraqkiyoti bilan bog’liq. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk ay-lanmasi tuzilmasini tubdan o’zgartirdi, temir rudasi, ko’mir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj o’sdi. 1825 y. jahonda birinchi umumiy foydalanishdagi Stokton —Darlington t.y. (21 km, Angliya) J.Stefenson tomonidan qurilgan. 30y.larda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Frantsiya, Rossiyada xam t.y. kurildi. 1850-70 y.larda Osiyo, Afrika, Jan. Amerika va Avstraliyada xam kurila boshladi. 20-a. boshlarida jahonda t.y. tarmog’i 1 mln. km dan oshdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida t.y. tarmoklarini tez rivojlantirgan sabablardan biri, uning katta harbiystrategik ahamiyatga egaligi bo’lib, T.y.t. xo’jalik, iktisodiy va strategik vazifalarga xizmat qilish bilan bir qatorda mamlakatlararo, hududlararo madaniy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalar, xalkaro turizm sohasida xam ishtirok etadi, mamlakatning ilmiytexnik taraqqiyotiga xam salmokli hissa ko’shadi. T.y. transportining afzalliklaridan biri — boshqa transportga nisbatan yuk tashish kiymatining arzonligi, yilning har qanday faslida va bir yo’la katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir. O’zbekistonda dastlabki t.y. 1886— 88 y.larda Zakaspiy temir yo’lining Forob styasidan Samarqandgacha yotqizilgan (podsho Rossiyasi tomonidan imperiyaning Jan. chegaralarini mustahkamlashga qaratilgan va harbiystrategik maqsadlardagi Zakaspiy harbiy t.y. nomi bilan 1880 y. noyab.dan 1886 y. dek. gacha kurib bitkazilgan Krasnovodsk — Chorjo’y t.y.ning davomi). 1888 y. may oyida Amudaryo orkali 2,7 km uzunlikdagi yog’och ko’prik kurib bitkazilishi bilan t.y.da Samarqandgacha poezdlar qatnovi boshlandi. Keyinchalik bu yo’l 1895-97 y.larda Ursatevskaya (Xovos) styasidan Qo’qongacha davom ettirildi. 1899 y. t.y. Toshkentga etkazildi (q. Samarkand — Andijon temir puli). 1890 y. kuzida 1874 y.da Rossiya imperiyasining maxsus t.y. komissiyasi kurish zarur deb topgan Toshkent— Orenburg t.y. qurilishi boshlandi. 1906 y. yanv.da Toshkent — Orenburg t.y. (Toshkent temir yo’li) ishga tushirildi. 1907 y. Kogon—Buxoro, 1913-16 y.larda Farg’ona halqa t.y.ning Qo’qon—Namangan—Andijon qismi, 1913-15 y.larda Kogon—Amudaryo styasi va qarshi—kitob shoxobchalari kurildi. 1917 y.ga qadar hoz. O’zbekiston hududida jami t.y. uzunligi 1,1 ming km edi. 20-a.ning 20y.laridan boshlab fuqarolar urushi yillarida vayron bo’lgan t.y. harakat tarkibi va yo’l xo’jaligini tiklash uchun zarur choralar kurildi. Shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi t.y. liniyalari kurilishiga ham e’tibor berildi. Farg’ona (Iskobil) — Kuvasoy (1922), Karshi— Kitob (1924), Amudaryo (Samsonovo) — Termiz (1925), Asaka —Shahrixon (1931) va b. t.y. liniyalari kurilib foydalanishga topshirildi. 1929-31 y.larda kurilgan uz. 1452 km bo’lgan Turkiston—Sibir temir yo’li (Turksib) O’zbekiston t.y. bilan ulandi. 30y.larda O’zbekiston t.y.da EU seriyadagi yangi parovozlar ishlay boshladi, yirik styalarda vagonlar saralashda qulay bo’lgan maxsus moslamalar, nim do’nglik (gorka)lar, konteyner maydonlari kurildi, katta, masofalarda t.y. liniyalari rekonstruktsiya qilindi, poezdlarning harakat tezligi oshirildi, yuk va yo’lovchilar tashish ko’paydi. 1941-45 y.lardagi urush davrida T. y. t.da front uchun zarur yuklar tashildi. Urushdan keyingi yillarda transportning bu soxasida tub o’zgarishlar qilindi. Lokomotivlar kuvvati oshirildi, poezdlar tig’iz qatnaydigan joylarda ikkinchi yo’llar qurildi. Parovozlar o’rniga elektrovoz va teplovozlar ko’llanildi. Styalarning texnika bilan jihozlanishi yaxshilandi. Bu davrda magistral yo’llardan sanoat shaharlariga (Toshkent—Angren, Toshkent— Chirchiq) shoxobcha yo’llar kurildi. 1963 yili Krasnovodsk—Boku parom yo’lining ishga tushirilishi bilan Toshkent—Krasnovodsk liniyasi Ozarbayjon t.y. bilan muntazam boglandi. 1964 y. O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston t.y.lari boshqaruvi Toshkentda bo’lgan yagona O’rta Osiyo t.y.ga birlashtirildi. 1971 y.da Qozog’iston orqali Rossiyaga chiqadigan Qo’ng’irot—Beynov t.y. kurildi. 1982 y. Termiz sh. yaqinida Amudaryo orqali Afg’onistonga o’tadigan t.y. va avtomobil yo’li ko’prigi foydalanishga topshirildi. Aksariyat viloyat markazlarida yangi t.y. vokzallari kurildi. 1994 y. noyab.da O’rta Osiyo t.y.ning O’zbekiston Respublikasida joylashgan t.y. korxonalari va bo’limlari, loyihakonstruktorlik va b. tashkilotlari, muassasalari negizida «O’zbekiston temir yo’llari» davlataktsiyadorlik t.y. kompaniyasi tashkil etildi. Respublika t.y. transportini rivojlantirish istiqbollari iktisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining Kvetta rejasida belgilangan vazifalar qatoridan o’rin olgan. 21-a. boshida O’zbekiston T.y.t. tarkibida ijtimoiy sohalar va ishlab chiqarish.ga yo’naltirilgan korxona muassasa va tashkilotlardan iborat bo’lgan yagona texnologikishlab chiqarish. majmuiga aylandi. Kompaniyaning t.y.dan foydalanishga mas’ul bo’lgan Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Buxoro, Qo’ng’irot, Qarshi— Termiz mintaqaviy t.y. uzellari fao, liyat ko’rsatadi (2004). Yuk tashishda teplovozlar (respublika t.y.da parovoz 1974 y.gacha ishlatildi), yo’lovchilar tashishda teplovoz va elektrovozlar xizmat ko’rsatadi. T.y.ni elektrlashtirish dastlab 1970 y. Toshkent— Yangiyo’l uchastkasida boshlangan. Keyinchalik Xo’jakent—Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poezdlari katnovi yo’lga qo’yiddi. 1985 y.dan t.y.ni o’zgaruvchan tokda elektrlashtirishga o’tildi. 1993 y.da T.y.ning Xovos—Bekobod va Xovos—Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003 y.dan Toshkent—Samarkand yo’nalishida «Registon» elektropoezdi qatnovi yo’lga qo’yildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonning yagona t.y. tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha uz. 700 km ga yaqin Navoiy — Uchquduk — Nukus temir yo’li kurib bitkazildi, 223 km li Toshguzar — Boysun — Qumqo’rg’on temir yo’li kurilishi boshlab yuborildi. Bu yo’llar xududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. «O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyasi tasarrufida asosiy t.y.ning foydalanish uz. 3992 km. Bundan tashqari, 1992,7 km stya yo’llari va 362,4 km respublika korxonalari shoxobcha yo’llaridan foydalaniladi. Elektrlashtirilgan t.y. liniyalari uz. 620 km (2004 y. 1 yanv.). 2003 y.da umumiy foydalaniladigan T. y.t.da asosiy qismi toshko’mir, neft yuklari, kurilish yuklari, tsement, kimyoviyvamineralo’g’itlar,Donmahsulotlari va b.dan iborat bo’lgan 45,1 mln. t yuk tashildi, yuk aylanmasi 19,1 mlrd.t. km ni tashkil etdi (2000 y.da tegishlicha 42,4; 15,4). Mamlakat ichida tashilgan jami yuklarning 9,7%, uzoq xorij mamlakatlariga jo’natilgan yuklarning 40,7% T. y.t. hissasiga to’g’ri keldi. T.y. transportida jo’natilgan yo’lovchilar esa 15,3 mln. kishidan, yo’lovchi aylanmasi — 2,065 mlrd. yo’lovchi. km dan iborat bo’ldi (2000 y.da tegishlicha 14,5; 2,2). «O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyasining Lokomativ parki yangi tipdagi teplovozlar, elektrovozlar, elektropoezd (sektsiyalar)laridan tashkil topgan. «O’ztemiryo’lmashta’mirlash» unitary korxonasi — Toshkent teplovoz ta’mirlash zdida yirik magistral teplovozlar ta’mirlanadi, harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. «O’zvagonta’mir» aktsiyadorlik jamiyatida barcha turdagi yuk tashish vagonlari ta’mirlanadi. 2001 y.da yo’lovchi tashish vagonlarini ta’mirlaydigan «Toshkent yo’lovchi vagonlarini ta’mirlash zdi» aktsiyadorlik jamiyati tashkil qilindi. 1998 y.dan kompaniya tarkibida asosiy faoliyati shahar atrofi, shaharlararo yo’lovchi, pochta, qo’l yuki tashishga ixtisoslashgan va bir kunda 10 mingdan ortiq fuqarolarga xizmat ko’rsatadigan «O’ztemiryo’lyo’lovchi» aktsiyadorlik jamiyati faoliyat ko’rsatadi. Respublika T.y.t. qurilishini loyihalash ishlarini Toshkent transport loyihalashqidiruv inti (Tashgiprotrans, 1952) va Toshkent t.y. loyiqalash — qidiruv inti («Toshtemiryo’lloyiha», 1969) olib boradi. T.y. transporti uchun muhandis va texnik xodimlar «O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyasining Akmal Ikromov nomidagi Toshkent t.y. muhandislari inti (1931), Toshkent (1932), Samarkand (1932), Xovos (1979) t.y. transporti kollejlarida tayyorlanadi. Jahonning barcha rivojlangan davlatlarida T.y.t. etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Bu transport turini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri yuqori tezlikda harakatlanuvchi er usti transport turini joriy qilish hisoblanadi. Bu tizimda harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori bo’lib, bunday t.y.lar 2avlod t.y. toifasiga kiritiladi. G’arbiy Evropa va Yaponiyaning ba’zi t.y. uchastkalarida poezdlar tezligi 350-500 km/soatga etkazilgan. Rivojlangan mamlakatlarda 20-a.ning 90y.larida t.y. uzunligi (ming km): AQShda—205, Bukj Britaniyada — 16,6, Kanadada — 93,5, Frantsiyada — 34,6, Yaponiyada -23,9, Italiyada — 25,8. Ochilboy Romashov.