Temur xoqon, Temur qag’an

Temur xoqon, Temur qag’an (1265-1307) — Xitoyda Xubilay xoqon tomonidan asos solingan yuan imperiyasi (1271 — 1367) hukmdori (1295— 1307). T.x.ning 13 yillik hukmronlik davri Xitoy solnomalarida Yuanchjen (129597) hamda Dade (1297— 1307) tarzida nomlangan. T.x. O’qtoyxon avlodlaridan Xaydu no’yon tomonidan Xubilay va uning vorislari siyosatiga qarshi 40 yil davomida olib borilgan kurashga chek qo’ygan, o’zaro urushlar hamda turli tabiiy ofatlar tufayli nochor bo’lib qolgan Qoraqurum aholisining ahvolini engillatish maqsadida katta miqdorda mis tangalar zarb qildirib, ularni boshqa turli tovarlar qatori Mo’g’ulistonga jo’natgan. 1307 y. Qoraqurumda «buyuk xoqon (qoon) sayyor kotibiyati» tashkil etilishi natijasida «tartib saqlash boshqarmasi» (syuanveysi) tugatilib, o’rniga Qoraqurum oliy dorug’asi qarorgohi ta’sis etilgan.