TEPAGAVR

TEPAGAVR — qad. qishloq xarobasi (mil. AV. 5—2ming yillik). Mosul sh. (Iroq)dan 25 km Sharqda joylashgan. E. A. Spayzer rahbarligidagi AQSh arxeologiya ekspedisiyasi (1927 va 1931— 38) tekshirgan. T.G.ning eng pastki 20madaniy qatlami bu erda o’troq dehqonchilik qishlog’i vujudga kelgan davr — Xalaf madaniyati (mil. AV. 5ming yillik)ga oid, 19—12madaniy qatlamlaridan Ubayd madaniyatit oid materiallar topilgan. 11—8madaniy qatlamlardan boshlab Gavr madaniyati shakllana boshlagan. Bu davrda qo’lda yasalgan bo’yama sopol idishlar yasash rivojlangan, tosh taxtalardan zodagonlarga mo’ggjallangan maqbaralar qurilgan. 8—7qatlamlar (mil. AV. 4—3ming yillik boshlaridan) dastgohda tayyorlangan sopol idishlar, tsilindrsimon muhrlarning topilishi bu davrda hunarmandlik taraqqiy qilib, ibtidoiy jamiyat emirila boshlaganidan darak beradi. 3—1madaniy qatlamlardan Hurriylar madaniyati (mil. AV. 2ming yillik)ga oid materiallar topilgan. Ashyoviy dalillar T.G.da xayot mil. AV. 2ming yillik o’rtalarigacha davom etganini tasdiklaydi.