Termokarst

Termokarst (termo … va karst) — havoning yillik o’rtacha trasi ko’tarilganda yoki tuproq trasining tebranish amplitudasi ortganda er ostida muzning erib ketishi yoki to’ngib yotgan gruntning muzdan tushishi oqibatida er yuzasida chuqurliklar, o’pqonlar va er ostida bo’shliklar paydo bo’lishi. T., ayniqsa, ko’p yillik muzlab yotgan tog’jinslari rivojlangan oblastlarda tarqalgan bo’ladi. T. natijasida vujudga kelgan turli botiklik, chuqurlik, o’pirilish, ko’l va botqokliklarning kattakichikligi har xil: diametri 1 necha m dan o’nlab km ga, chuqurligi esa bir necha sm dan o’nlarcha m ga etadi. T. jarayoni o’rmonlar kesilishi, yonishi, zovurlar qazilishi va b. natijasida ham hosil bo’ladi. T.ning salbiy oqibatlarini yo’qotish uchun binolar qurishdan avval muzli zaminni eritib, drenajlar o’tkazish, qurilish mobaynida va undan foydalanilayotganda er ostidagi to’ngib yotgan jinslar va muzliklarni erishidan sakdash kerak.