Terrasa, ko`hna qayir

Terrasa, ko`hna qayir – reylef shakli; daryo vodiysi, tog`, tepalik yonbag`irlaridagi gorizontal yoki bir oz qiya maydon. Daryo terrasalari – daryo o`zanining qadimgi qoldiqlari; yirik daryolarda terrasaning eni 10 km ga yetadi va undan ortiq bo`ladi; ko`l terrasalari ko`lning suv sathi baland bo`lgan paytda to`lqin urilishidan hosil bo`lgan quruqlik polosalari; dengiz terrasalari dengiz sathi pasayganda yoki quruqlik sathi o`zgarganda qirg`oqda qolgan quruqliklar.