Tetuan

Tetuan — Marokashning shim. qismidagi shahar. Martil daryosi bo’yida. Tetuan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 364 ming kishi (1990-y.dar o’rtalari). Oziq-ovqat, to’qimachilik, metallsozlik, yog’ochsozlik, tsement sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda gilam, ipak matolar to’qiladi, ko’nteri va metall buyumlar tayyorlanadi. Marokash san’ati va arxeologiya muzeylari bor. Shaharga 9-a.da asos solingan. Me’moriy yodgorliklardan shahar devori, qal’akasaba (14-18- a.lar), katta masjid, saroy (17-a.) saklangan. 1912-56 y.larda Ispaniyaning Shim. Marokash zonasining ma’muriy markazi.