TIBBIYOT DEONTOLOGIYASI

TIBBIYOT DEONTOLOGIYASI – tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning ta’sirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, ya’ni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-a.ning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. T.D.ga oid ma’lumotlar uzoqtarixga ega. Aslida, T. D. keng falsafiy mazmunga ega bo’lib, bir qancha yo’nalishlardan iborat: — shifokor bilan bemor o’rtasidagi; — shifokor bilan bemorning yaqin kishilari o’rtasidagi munosabat; — shifokorning g’amkasblari bilan munosabati va h.k. T. D.ga vrachning sir saklashi, bemorning hayoti va sog’lig’i uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining o’zaro munosabati masalalari va b. kiradi. T.D.ga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta e’tibor berishi, uning sog’lig’ini tiklash yoki azobini engillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sog’lig’i haqidagi faqat foyda keltira oladigan ma’lumotlarni aytishi (q. Psixoterapiya), bemorning vrach bilan sirdosh bo’lishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan so’zlashishi yaramaydi. T. D.ning tibbiyot amaliyotida to’g’ri joriy qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog’liq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga Moe ravishda o’zgarib borgan. T. D. tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, ziyraklik, odamiylik va b.ga ega bo’lishni taqozo etadi. T.D. xalqaro kodeksini xalqaro vrachlar jamiyati tasdikdagan (1949, Jeneva). O’zbekiston Respublikasida tibbiyot intini bitiruvchilar «O’zbekiston shifokori»ning qasamyodini qabul qiladilar (1996 y.dan). Ad.: Qosimov E. Y., Shifokorning nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san’ati, T., 2002.