Tibet Muxtor rayoni, Tibet

Tibet Muxtor rayoni, Tibet (xitoycha Siszan) — Xitoyning Jan. g’arbiy qismidagi ma’muriy birlik, Tibet tog’ligida. Mayd. 1,2 mln. km2. Aholisi 2,52 mln. kishi (1998). Ma’muriy markazi — Lxasa sh. Aholisining aksari qismini tibetlar, shuningdek, ularga yaqin Syan, nu, dulun, abor, lishmi, dafla xalqlari tashkil etadi. Tibetbirma guruhlari tilida so’zlashadi; buddizmlamaizm diniga e’tiqod qiladi. Asosan, qishloqlarda yashaydi, shahar kam. Xo’jaligi. Iktisodiyotiningetakchi tarmog’i — qishloq xo’jaligi. Uning yalpi mahsulotining 60% dan ortig’ini dehqonchilik beradi. Dare vodiylari va tog’larning yon bag’irlarida arpa, suli, no’xat, grechixa, Jan.sharqida bug’doy va sholi etishtiriladi. Sabzavot ekinlari ekiladi, mevachilik bilan shug’ullaniladi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan, qo’y, echki, yilqi, eshak, dehqonchilik rnlarida qoramol, cho’chqa boqiladi. Chorvachilikning asosiy mahsuloti — qo’y juni va ko’nteri. T. m.r. hududida toshko’mir, tuz, oltin konlari topilgan. GES ko’p. Ishlab beruvchi mayda korxonalar bor. Lxasada energetika jihozlari va cho’yan quyish, ko’nteri va gilam, Chamdoda ko’nchilik, Shigasze va Jangdze sh.larida gilam tukish korxonalari ishlab turibdi. Shuningdek, taxta tilish, g’isht zdlari, farmasevtika, to’qimachilik sanoatlari mavjud. Tarixi. Tibet xalqi mil.AV. 6-5-a. larda Kukunor rnidan Tibet hududiga ko’chib o’tgan Syanlarning Avtoxtonlar bilan qo’shilib ketishidan kelib chiqqan. Mil. 7-a.dan Syanlarning bir qismi dehqonchilik bilan shug’ullangan. O’sha davrda Tibetning Jan.Sharqiy qismidagi Yarlunga hukmdori Namri barcha qabilalarni birlashtirgan. Uning o’g’li Srontszangambo (649 y.da vafot etgan) Tibet davlatiga asos solgan. 7-a.ning 1yarmidatibetda yozma manbalar yaratilgan. Tisongdesen hukmronligi davrida (755-791) Tibet ayniqsa ravnaq topgan. 7-9-a.larda Tibetda zamindorlik munosabatlari yuzaga kelgan. 787 y.dan buddizm davlat diniga aylangan. Langdarma hukmronlik qilgan davrda (836-842) buddistlar ta’qib ostiga olina boshlandi, uning o’limidan so’ng Tibet bir nechta mustaqil hokimliklarga parchalanib ketdi. 11-12-a.larda bir kancha budda sektalari yuzaga keldi, monastirlar qurildi, ularning yiriklari atrofidagi hududlar bilan o’zlarini mustaqil teokratik davlat deb hisobladilar. 13-14-a.larda Tibet mo’g’ullar sulolasi Yuanga tobe. Tibetsichuan katga yo’li. bo’lgan. 14- a. oxiri — 15-a. boshida rohib Szonkaba (1357-1419) yangi budda sektasi — Gelugbani tuzdi. Ushbu sekta rohiblari sariq kiyim kiyganligi sababli, uni «Sariq din» deb xam atashadi. 16-a.dan uning boshlig’i Dalaylama unvoni bilan Tibetni boshqargan. 1720 y. manjurlar Lxasani bosib oldi. 1792 y.da esa Tsin imperiyasi uni o’z tarkibiga qo’shib oldi. Sinxay inqilobi (191113) davrida Tsin sulolasi tugatilib, manjurlar Tibetdan quvib chiqarildi. 13dalaylama Pekin bilan butkul alokani uzganligini e’lon qildi. 1930-y.lar o’rtalarigacha TibetXitoy chegarasidagi keskinlik davom etdi. O’sha vaktdan Gomindanchi – bir kadar me’yorlashdi. Biroq Tibet inglizlar ta’sirida edi. Xalq inqilobi g’alabasi arafasida Tibet ma’murlari gomindanchilar hukumati bilan barcha aloqani uzdi, 1949 y. 4 noyab.da hukumat, monastir vakillaridan tuzilgan Buyuk majlisda Tibetni rasmiy ravishda mustaqil deb e’lon qildi. XXR hukumati 1950 i. 20 yanv.da Tibet masalasi bo’yicha bayonot e’lon qildi, unga kura Lxasa muzokaralar uchun o’z vakillarini Pekinga jo’natishi ko’zda tutilgan. 1950 y. okt.da Xitoy qo’shinlari Tibetning Markaziy rnlariga qarab yurish boshladi. Tibet hukumati Xitoy taklifini qabul etib, 1951 y. 23 mayda Xitoy xalq hukumati bilan «Tibetni tinch yo’l bilan ozod etish masalalari to’g’risida shartnoma» imzolandi. Shartnomaga ko’ra, Tibetga Xitoy tarkibidagi milliy muxtoriyat huquqi berilishi ko’zda tutildi. 1950- y.larning 2yarmida vaziyat keskinlashdi. Lxasada 1959 y. martda isyon ko’tarildi. 14dalaylama Hindistonga o’tib ketdi. 1965 y. T.m.r. tuzildi. Adabiyoti. Tibetliklarning qad. og’zaki ijodi mif, epos («Geseriada»), afsona, qo’shiq, ertak, aforizmlar ko’rinishida ifodalangan. Buddizmning tarkalishi bilan budda miflari yuzaga keldi. Yozma adabiyotning ilk rivojlanishi Tibet zamindorlari davlatining qaror topishi, yuksalishi va inqiroziga to’g’ri keldi. Tibet adabiyoti qad. turkiylar, ayniqsa, uyg’urlar adabiyotiga yaqin bo’lgan, unga o’z ta’sirini o’tkazgan. O’sha davrda «Ramayana»ning tibetcha naqli yaratildi. 11 — 14-a.larda adabiyotning an’anaviy tarkibi: tarjima asarlari, tibetlik mualliflarning original qo’lyozmalari, tarixiy asarlari va h.k.ni yaratish avj oldi. Keyinroq (15-19-a.lar) adabiyot Gelugba budda sektasining siyosiy qarashlari va diniy e’tiqodlarini sistemalashtirish va targ’ibot qilishga xizmat qildi. Inson tuyg’ulari asarlarda deyarli yoritilmagan. Ularning asosiy vazifasi — dindorlar intizomi namunasi me’yorlarini yaratishdan iborat edi. 18-a. boshlarida 6dalaylama Tsanjanjamso davrida dunyoviy lirik she’riyat yuzaga keldi. Biroq bu an’ana uzoq davom etmadi. Keyingi yillar adabiyotida grammatik, astrologik, astronomik va tibbiyot sohalariga oid asarlar yaratildi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Tibetning muhim san’at yodgorliklari zamindorlik munosabatlari avj olgan davrlarda yaratildi. O’rta asr Tibet me’morligi mamlakatning yovvoyi va cho’l tabiati bilan mutanosib ravishda o’zining keskinligi va mahobatliligi bilan ajralib turadi. Tog’cho’qqilariga qal’aqasrlar qurilgan. Tog’etaklari va cho’qqilarida joylashgan monastirlar bir necha qator devorlar bilan o’ralgan bo’lib, bosh ibodatxona shimolga qaragan, atrofida maydonlar, yon bag’irlarda amfiteatr ko’rinishida monaxlar uyjoylari bo’lgan. Lxasadagi Potala saroyqal’asi o’rta asrning o’ziga xos me’moriy obidasi hisoblanadi. Tibetning o’rta asr tasviriy san’ati buddizmga bo’ysungan, asosan, monastirlarda rivojlangan bo’lib, devor yozuvlari va «tanka» ikonalari sifatida yaratilgan. Skulpturalar yog’och, gil, metalldan yasalgan. 20-a.ga qadar Tibetda manzarali bezak san’atining kashtachilik, jezdan ibodat va maishiy buyumlar, musiqa asboblari tayyorlash, gilamlar to’qishning an’anaviy turlari saklanib qolgan.