Tillarning morfologik (Tipologik) tasnifi

Tillarning morfologik (Tipologik) tasnifi – tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishiga ko’ra guruhlarga ajratish; tillarni tipologik tasniflashning bir turi. Bu tasnifga ko’ra, tillarning quyidagi turlari ajratiladi: amorf (o’zak) tillar, Mae Xitoy, bamana, Annam, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalklarining talay tillari. Bu tillarning lug’at tarkibi, asosan, bir bo’g’inli so’zo’zaklardan iborat bo’lib, ularda turlanish, tuslanish xususiyatlari yo’q. Shu bois ushbu tillarda so’z yasovchi affikslar, yordamchi so’zlar vazifasini bajaruvchi yuklamalargina mavjud. O’zak tillarda so’z tartibi muhim ahamiyat kasb etadi. Agglyutinativ tillar (turkiy, bantu, mo’g’ul, finugor tillari)da so’zlar o’zak va unga birikib keladigan affikslardan iborat bo’ladi hamda so’zning morfologik tuzilishi (o’zak va affiks) aniq ajralib turadi. Bunda har bir affiks bir ma’no, vazifa bilan qatnashadi. Mas., turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida yasama so’zlar va so’z shakllari asosga muayyan izchillik bilan affikslar qo’shish orqali hosil qilinadi va bunda affikslarning har biri uz ma’nosi bilan qatnashadi: terimchilarimizga. Flektiv tillar affikslarning o’zak bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday tillarda grammatik ma’nolar fleksiya yo’li bilan ifodalanadi: mas., Arab tilida kitob (birlik) — kutub (ko’plik) yoki rus tilida drug (birlik) — druzya (ko’plik), ularga hindevropa va som tillari oilalari kiradi. Flektiv tillar sintetik va analitik tillarga ham ajratiladi. Sintetik tillarda grammatik ma’nolar (gapda suzlarning uzaro munosabati) shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi (mas., rus, nemis tillari). Analitik tillarda esa grammatik ma’nolar so’z shakllari (shakl yasovchi qo’shimchalar) vositasida emas, balki yordamchi so’zlar, suz tartibi, ohang yordamida ifodalanadi (mas., ingliz, frantsuz, ispan tillari). Polisintetik tillar (shim. Amerika indeyslari tillari)da asosiy nutq birligi suzgapdir. Tasnif etilgan tillar orasiga qat’iy chegara ko’yib bo’lmaydi, chunki bir tilda uchraydigan ayrim til hodisalari boshqalarida ham uchrab qolishi mumkin. Mas., Okeaniya tillarini ham amorf tillar, ham agglyutinativ tillar sifatida tavsiflash mumkin. T. m.t. dunyo tillarini muayyan morfologik xususiyatlariga ko’ra guruhlash, ularning umumiy chizmasini yaratish jihatlaridan muhim, shu bois u hozir ham o’z e’tiborini yo’qotmagan. Ad.: Kuznesov P. S, Morfologicheskaya klassifikasiya Yazikov, M., 1954; Teoreticheskie Osnovo’klassifikasii Yazikov mira, ch. 12, M., 198082. Ilhom Madrahimov.