TITRIMETRIK ANALIZ

TITRIMETRIK ANALIZ – aniqlanayotgan modda mikdorini shu modda bilan o’zaro reaktsiyaga kirishish uchun sarflangan reaktiv mikdoriga qarab anikdashga asoslangan mikdoriy analiz usuli (yana q. Hajmiy analiz). T.a. da aniklash uchun vazniy analizga karaganda kam vakt sarflanadi. Bundan tashqari, T.a.da kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleks hosil qilish kabi kimyoviy reaktsiyalarni ham aniklash mumkin. T. a.ning barcha anik,lash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, ya’ni standart titrlangan eritmaning mikdori reaktsiya tenglamasiga muvofiq, modda mikdoriga qat’iy ekvivalent bo’lgan paytgacha o’tkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning T.a. da ahamiyati muhim. Aniklash usuliga ko’ra, to’g’ri (bevosita), qoldikli, bilvosita va differentsial T.a. farklanadi. Koldikdi usul aniklanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaktsiyaga kirishmaganda yoki reaktsiyaga juda suet kirishganda qo’llanadi. Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilan bevosita reaktsiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differentsial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qo’llanadi. Kimyoviy reaktsiyalar jarayoniga qarab. T.a. kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleksometriya, cho’kmaga tushirish usullariga; titrlashning oxirgi nuqtasini indikasiyalash usuliga kura, rangli indikator, potentsiometrik, ampermetrik, konduktometrik titrlashga bo’linadi.