Tog’chang’i sporti

Tog’chang’i sporti – maxsus yo’lakchalar bo’ylab tog’dan tushish, chang’i sportinnnt tarkibiy qismi; unga slalom (chang’ida sun’iy yoki tabiiy to’siqlar osha tepalikdan pastga tez tushish), ulkan slalom, tezlik bilan tushish va ko’p kurash musobaqalari kiradi. Musobaqa qoidalarini 1marta angliyalik A. Lunn (20-a.ning 20-y.larida) kiritgan. 1musobaka 1923 y. Shveytsariyada bo’lgan; 1930 y.dan jahon birinchiligi musobaqalari muntazam o’tkazib turiladi. 1936 y.dan kishki Olimpiada o’yinlari dasturidan joy olgan. O’zbekistonda T.ch.s. musobaqalari, asosan, Bo’stonliq tumanidagi Chimyon bazasi majmuasida o’tkaziladi. Tog’chang’ichilari har yili 2 marta (ezda va qishda) respublika birinchiligi va O’zbekiston kubogi bahslarida kuch sinashadilar. «Qishki ta’tillar», «Chimyon sovrini» musobaqalari eng kuchli tog’chang’ichilarini to’playdi. Sport ustasi G’ayrat Ermetov yoshlar o’rtasida Osiyo chempionatining 2 ta kumush medaliga sazovor bo’lgan. 2004 y.gi O’zbekiston chempioni Kseniya Grigoreva ayollar o’rtasida etakchi tog’ chang’ichisidir. O’zbekiston T.ch.s. uyushmasi (1998 y. tuzilgan) xalqaro T. ch. s. federasiyasi (FIS) ga qabul qilingan.