Tog’chumchuq, sariqtomoq

Tog’chumchuq, sariqtomoq chumchuq (Petronia petronia) — chumchuqsimonlar turkumi to’qimachilar oilasiga mansub kush. Kattaligi va rangi dala va cho’l chumchug’ining modasiga o’xshash, faqat dum patida oq, bo’ynida sariq xoli bo’lishi bilan farq qiladi. Og’irligi 30-36 g. T. Jan. Evropa, Osiyo va shim. Afrikadatarqalgan. Tog’qoyalarida, tuproqli va toshli jarliklarda yashaydi. Uyasini qoyalarga, tosh uyumlari orasiga va b. joylarga quradi. 4-6 ta tuxum qo’yadi. Qishda tog’dan vodiyga ko’chadi. Hasharotlar, o’simlik urug’lari va mevalari bilan oziqlanadi.