TO’G’RI CHIZIQ
TO’G’RI CHIZIQ — geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri. To’g’ri chiziq geometriyada boshlang’ich (ta’riflanmaydigan) tushuncha deb olinadi. To’g’ri chiziq va uning xususiyatlari geometriyaning boshqa tushunchalari bilan aksiomalar orqali bog’lanadi. Masalan, har qanday ikki nuqtadan faqat bitta to’g’ri chiziq o’tadi. Agar A va V sonlar bir vaqtda nolga teng bo’lmasa, tekisliqsagi Dekart koordinatalar tizimida To’g’ri chiziq Axqvuqsq0 tenglama bn beriladi. V*0 bo’lsa, bu tenglamani uqkxq ko’rinishga (burchak koeffitsientli tenglamaga) keltirish mumkin. k son To’g’ri chiziqning burchak koeffisienti deyiladi, u To’g’ri chiziqning Ox o’qining musbat yo’nalishi bn tashkil qilgan burchagi tangensiga teng.