TOG’UZUM

TOG’UZUM — xo’raki, o’rtapishar mahalliy uzum navi. Yovvoyi uzumning madaniylashgan avlodi bulishi mumkin. Tupi o’rtacha usadi. Guli ikki jinsli. Bargi o’rtacha (diametri 18-20 sm), besh bulmali, cheti arratishli. Uzum boshi uzunchoq, sochoq, og’irligi 250300 g. G’ujumi o’rtacha (1618 mm), dumaloq, oqishko’kimtir, oftobga qaragan tomoni sarg’ayadi, sershira, po’sti juda yupqa, eti suvli, iyul oxirida pishadi. Hosildorligi o’rtacha. Sovuqqa va kasalliklarga chidamli. Asosan, Toshkent sh.da ko’proq uchraydi.