Tohir ibn Husayn

Tohir ibn Husayn (775/776- 822) — Tohiriylar davlati va sulolasi asoschisi (821-822). Arab xalifaligiga qarshi Movarounnahrda ko’tarilgan Rofe ibn Lays qo’zg’oloninch bostirishda qatnashgan. Horun arrashid vafotidan keyin xalifalik taxtiga egalik qilish uchun boshlangan kurashlarda Ma’mun qo’shini qo’mondoni. Ma’mun xalifaligi davrida Jazira (Mesopotamiya) noibi va Bag’dod harbiy garnizoni boshlig’i (sohib ashshurot). 821 y. Xuroson noibi etib tayinlangan. Xurosonni xalifalikdan ajratib olish maqsadida abbosiylarga bo’ysunishdan bosh tortgan. Ma’mun yuborgan fitnachilar tomonidan zaharlab o’ldirilgan.