Tohir Malik

Tohir Malik (taxallusi; asl ismsharifi Hobilov Tohir Abdumalikovich) (1946.27.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O’zbek adabiy fantastikasinkng asoschilaridan biri. Toshkent untining kechki jurnalistika f-tini tugatgan (1969). Quruvchi (1963-64), maktabda o’qituvchi (1965— 66) bo’lib ishlagan. «Lenin uchquni» gaz., «Guliston» (1975-78), G’afur G’ulom nomidagi nashriyotda mug’arrir (1981-82), «Cho’lpon» nashriyotida bosh muharrir (1985-87), «Sharq yulduzi» (1982-85), «Yoshlik» (1989— 91) jurnalilarida adabiy xodim, mas’ul kotib, bosh muharrir, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988— 90). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o’limi» (1972). «Zaharli g’ubor» (1974), «falak» (1975), «somon yo’li elchilari» (1978), «Chorrahada qolgan odamlar» (1982), «Bir ko’cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «so’nggi o’q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. «So’nggi o’q» kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. «Qaldirg’och» (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y.lar o’zbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi. «Shaytanat» romani (1kitob, 1992; 2kitob, 1995; 3kitob, 1997; 4kitob, 2000) T.M.ning yirik asarlaridan. Asar asosida ko’p seriyali telefilm yaratildi. Romanda turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan chizilgan, muhim ma’naviyaxloqiy muammolar ko’tarilgan. Asarda jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy e’tibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini taxlil etishga karatilgan. Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot bo’lishga chaqiruvchi ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni T.M.ning «jinoyatning uzun yo’li» (2004) ilmiytahliliy risolasida davom ettirilgan. «Mexmon tuygular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to’plamida adabiy jarayondagi muammolar aks etgan. T. M. ning yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy ijodiy faoliyatini yorituvchi «yozuvchining baxti va baxtsizligi» (1988), Asqad Muxtor ijodini taxlil etuvchi «Sobir» (2003), O’lmas Umarbekov ijodiga bag’ishlangan «Qiyomat qarz» (2002) hamda Abdulla Qodiriy romanlari taxlil etilgan «ibrat maktabi» (1993) badialari xam bor. T.M. xujjatli kino sohasida xam faoliyat ko’rsatgan. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha» (1999), «unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dentiz» (2000), «zulmat saltanati», (2001), «Moshtabib» (2002) sienariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. Rus yozuvchisi F.M. Dostoevskiyning «Ma’suma» kissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. As: tanlangan asarlar, 1—2j.lar, T., 2004.