Tohirov Karim Hojiyevich

Tohirov Karim Hojiyevich (1907. 30.11 Toshkent 1987.25.9.) bolalar xirurgi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan vrach (1944). Toshti ni tugatgach (1933), shu institut xirurgiya kafedrasida aspirant (1933-35), assistent (1935-41). Urush qatnashchisi (1941-42). Toshti xirurgiya kafedrasida dotsent (1942-47), pediatriya fakulteti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1947-72). 1972 yildan O’rta Osiyo, hozirgi Toshkent tibbiyot pediatriya inti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy faoliyati bolalar xirurgiyasi, asosan, O’zbekistonda bolalar siydik toshi kasalliklariga oid.