Tohirxon
Tohirxon (taxm. 1533 y. vafot etgan) — Jo’jixon avlodidan bo’lgan Katta juz xoni. Adik sultonning o’g’li, Jonibeknpng nabirasi. T. hokimiyati turli davrlarda Markaziy Qozog’iston, Ettisuv, Qirg’iziston, ili o’lkasiga qadar yoyilgan. 1524 y. T. mang’itlar tomonidan Dashti qipchoqsan siqib chiqarilgan, o’z navbatida, Ettisuv va Qirg’izistondan mo’g’ullarni quvib yuborgan. 1526 y. T.ning Markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo’lidagi siyosatidan norozi bo’lgan qozoqlar qo’zg’olon ko’tarib uni tark etganlar. T. qirg’izlar bilan qolgan va Qirg’izistonda qalmoklarga qarshi Jatan qal’asini qurdirgan. 1529 y. uning hukmronligi ostida yana 20-30 ming qozoq bo’lgan. T.ning vorisi 1533 y.da manbalarda qayd etilgan Buydashxon bo’lgan. Ad.: Materiali po istorii kazaxskix xanstv XVXVIII vv., AlmaAta, 1969.