Tokkata

Tokkata (ital. toccata — tegish, zarb) — asosan, klavishli musiqa cholg’ular uchun yozilgan virtuoz musiqa asari. 16-a.da Italiyada paydo bo’lib, dastlab badiha shaklidagi prelyudiya (A. va J.Gabrieli va b.), keyinchalik kontsert asari sifatida (I.Froberger, D. Bukstexude va b.) rivoj topdi. I.S.Bax ijodida qad. T. janri o’z badiiy cho’qqisiga ko’tarildi (organ uchun — re minor T. va fugasi mashhur). 20-a.da fortepiano (K.Debyussi, S.Prokofev, F.Buzoni, A.Xachaturyan va b.) va organ (M.Reger va b.) Tlar bilan birga orkestr (A.Malyavskiy), skripka va orkestr (I.Stravinskiyning skripka va orkestr uchun kontsertning lqismi) paydo bo’ldi. O’zbekistonda I. Akbarov, X.Izomov, G. Mushel va b. fortepiano, organ uchun T. lar yaratganlar.