To’lqinlar qayerdan paydo bo’ladi?

Agar siz chelakdagi suvga qarab puflaydigan bo’lsangiz, uning yuzasida to’lqin hosil bo’ladi. Dengizdagi to’lqinlarni esa shamol qo’zg’aydi. Osoyishta va shamolsiz kunlar ham dengiz yuzasidagi to’lqinlarni ko’rgan bo’lsangiz kerak. To’lqin hamisha uzoqdan kelib, qirg’oqqa uriladi. Okean shamoli qirg’oqdan olis joylarda esadi va suvni bir joydan boshqa joyga haydaydi. Shunday qilib, suv yuzasida mavj paydo bo’ladi. Mavj kichik to’lqindir. So’ngra mavjlar ustida oppoq ko’piklar vujudga keladi. Shamol kuchayishi bilan mavjlar ko’tarilib, ulardan to’lqinlar hosil bo’ladi. Shamol dengizga katta ta’sir ko’rsatadi. To’lqinlar ba’zan o’zi paydo bo’lgan joydan 8000 km (5000 mil) nariga sayohat qilishi ham mumkin. To’lqinlar suvning ko’tarilib tushishi natijasida, ba’zida esa okean tubining silkinishi yoki dengiz tubida vulqon otilishidan ham hosil bo’ladi. Nihoyat, kuchli zilzila ham to’lqin qo’zg’aydi. Bunday to’lqinlar sunami deb ataladi. Sunami bir necha o’n metr balandlikka ham sapchishi mumkin. U sohilbo’yi mintaqalariga yopirilib, katta talofat keltiradi, o’sha yerning aholisi uchun juda xavflidir. Sunami ko’pincha Osiyoning janubi-Sharqiy sohillari va Yapon orollarida sodir bo’lib turadi.