Tonga (Tonga), Tonga Qirolligi

Tonga (Tonga), Tonga Qirolligi (The Kingdom of Tonga) — tinch okeanning Jan.g’arbiy qismidagi va Polineziyadagi Tonga arxipelagida joylashgan davlat. Mayd. 748 km2. Aholisi 106,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Nukualofa sh. Ma’muriy jihatdan 6 okrug (district)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. T. — konstitusiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlikka kiradi. Amaldagi Konstitusiyasi 1875 y.da qabul kilingan, keyinchalik unga qo’shimcha va tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — qirol (1965 y.dan Taufa’axau Tupou IV). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi Assambleya, ijrochi hokimyatni qirol va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Tonga arxipelagi (Do’stlik orollari) tinch okeanning Jan.g’arbidagi va Polineziyadagi vulkan va marjonlardan hosil bo’lgan bir qancha orollardan iborat. Ularning tarkibida uch asosiy guruh: Tongatapu, Xaapay, Vavau o.lari hamda bir qancha mayda va odam yashamaydigan orollar bor. Tonga arxipelagi orollari 2 parallel suv osti tizmasida joylashgan bo’lib, g’arbiy tizma (uz. 700 km dan ko’proq) tog’li vulkanik orollardan (eng baland joyi Kao o.da, 1030 m), Sharqiy tizma uncha baland bo’lmagan marjon orollardan iborat. Harakatdagi vulkanlar, shu jumladan, suv osti vulkanlari bor. Iklimi — tropik, dengiz iklimi. Dek.—apr. issiq, nam, may—noyab. salqin va quruq oylar. Yanv.ning o’rtacha trasi 26°, avg.niki 20°. Yillik yog’in 2000 mm. Tuprog’i unumdor qizil tuproq, orollar namsevar tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi ilon, kaltakesak va qushlarning 30 ga yakin turi, kalamush va sichkrn, toshbaqa, dengiz mollyuskalaridan iborat; baliq ko’p. Aholisining aksariyati (98%) — tongalar. Boshqa orollardan kelgan polinezlar va evropaliklar ham bor. Dindorlarning ko’pchiligi protestant; katoliklar ham bor. Rasmiy til — tonga va ingliz tillari. Aholining 43% shaharlarda yashaydi. Tarixi. Mil. AV. 2ming y.likda orollarga polinezlar ko’chib kelgan. Mil. 10-a.da davlat uyushmalari paydo bo’lgan, ularni qabila boshliqlari idora qilgan. Bu erga 17-a.da golland dengizchi sayyoxlar etib borgan. 1845 y. Xaapay o.lari kabila boshlig’i orollar guruxini birlashtirishga erishdi. T.ni egallash uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh o’rtasida keskin kurash bo’lib, natijada 1900 y. T. Buyuk Britaniya protektorati ostidagi o’zini o’zi idora qiluvchi davlat deb e’lon kilindi. 1967 y.gi Buyuk Britaniya — T. bitimi Buyuk Britaniyaning orollar ustidan nazoratini chekladi. 1970 y. 4 iyunda T. mustakillikka erishdi. T. — 1999 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 4 iyun — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1970). Siyosiy partiyalari. Inson huquqlari va demokratiya uchun harakat; Xalq partiyasi, 1994 y. tuzilgan. T.da kasaba uyushmalari yo’q. Xo’jaligi. T. — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Iktisodiyotining asosi qishloq xo’jaligi. (yalpi ichki mahsulotning 32%). Aholining 90% shu sohada band. Eksport uchun banan, ananas, kokos palmasi (kopra), tsitrus mevalar, mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, maniok, Taro etishtiriladi. Qoramol, cho’chqa, echki, uy parrandasi boqiladi, baliq ovlanadi, yog’och tayyorlanadi. Sanoati qishloq xo’jaligi. xom ashyosini qayta ishlaydigan va taxta tiladigan mayda korxonalar, tikuv fkasidan iborat. Avtomobil yo’llari uz. — 650 km dan ziyod. Asosiy dengiz portlari (savdo markazlari) — Nukualofa va Neiafu. T. chetga kopra, banan, tropik mevalar, dengiz mahsulotlari, qovun, vanil, pomidor chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat (qand, choy, kofe va b.), sanoat mollari oladi. Yangi Zelandiya, Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Paanga. Maorifi. Boshlang’ich ta’lim bepul, 6-14 yoshdagi bolalar uchun majburiy. Boshlang’ich maktab o’qituvchilari ped. kollejida tayyorlanadi. Okean sohilidagi orombaxsh plyajlar va Nukualofadagi qirol saroyi T.ning diqqatga sazovor joylaridir. Matbuoti va radioeshittirishi. «Tonga kronikl» («Tonga voqealari», ingliz va tonga tillarida chikdtsigan hukumat haftanomasi, 1964 y.dan), «Tonga tayme», («Tonga vaqti», ingliz va tonga tillarida chiqadigan haftanoma, 1989 y.dan); «kele’a» («chiganoq», tonga tilida yiliga 6 marta chikdtsigan siyosiyiqtisodiy jurnali, 1986 y.dan). T. radioeshittirish komissiyasi hukumatga qarashli bo’lib, 1961 y. tashkil etilgan.