Tosh davri

Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qad. davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurolyarog’lar, asosan, tosh, yog’och va suyakdan yasalgan. T. D. qad. {paleolit), o’rta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga bo’linadi. T. D. bundan taxm. 2 mln. yil oddinroq boshlanib, O’zbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). T.D. odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shug’ullangan; neolit davrida motiga bilan dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo bo’lgan. Ijtimoiy munosabatlar «ibtidoiy odamlar to’dasi»ga, so’ngra ibtidoiy urugdoshlik tuzumiga xos bo’lgan. T.D.ning qad. davri — paleolit 3 davrga bo’linib o’rganiladi: quyi paleolit, o’rta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri ilmiy xulosalarga ko’ra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan boshlangan. Bu jarayon er sharining turli joylarida turli vaqtlarda sodir bo’lgan (mas., Afrikada bu jarayon 3 mln. yil avval boshlangan, Evropaning Jan. va Osiyoda taxm. 2 mln. yil avval). Ammo qaerda va qachon boshlanganidan qat’i nazar, kuyi paleolit insoniyatning eng uzok, davom etgan tarixini aks ettirgan. Tosh asri texnikasining takomillashuvi natijasida disk shaklidagi (rapidasimon) nukleuslarnya vujudga kelishi va ulardan o’tkir uchli uchburchaksimon uchirindilarni yuzaga kelishi bilan kuyi paleolit o’rnini o’rta tosh davri, ya’ni muste davri (q. Muste madaniyati) oladi. Mustedan so’ng yuqori paleolit davri boshlanadi. Evropaning Jan.da, Osiyoda, jumladan, bizning O’rta Osiyoda o’rta paleolit hoz. kunimizdan 200 ming yil avval boshlanib, o’rta hisobda 160 ming yil davom etadi va o’rnini 50 ming yil avval progressivroq bo’lgan yuqori paleolit davriga bo’shatib beradi. Yuqori paleolit davrida, asosan, realistik san’at rivojlanadi. O’sha davr odamlari hayvonlarni ovlash jarayonini qanday ko’rgan bo’lsalar, shunday ravishda g’or devorlariga rasmlar chizganlar. Chizganda ham kizil va kora tabiiy ranglarda chizganlar. Bu narsa odamlarning ongini rivojlanganligini ko’rsatadi. Mexnat kurollarini yasash texnikasi bo’yicha quyi va o’rta paleolitta nisbatan juda yuksak ko’tarilgan yuqori paleolit davri, o’z navbatida, bundan 12-10 ming yil avval progressivroq bo’lgan mezolit davri bilan almashdi. T.D.ning so’nggi bosqichi bo’lgan neolit bundan 5-4 ming yil avval jez davri bilan almahdi. O’tkir Islamov.