Toshbaqalar nima uchun yig’laydi?

Dengiz toshbaqalari hayotining asosiy qismini suvda o’tkazadi. Shuning uchun ham ularning tana tuzilishi suv ofatlariga moslashgan. Agar toshbaqalarning chaqqon va chiroyli suzishini kuzatsangiz, ularni hech qachon beo’xshov va imirsiragan deb o’ylamaysiz. Odamlar esa ularga xuddi shunday laqab taqishgan. Toshbaqalar yo’nalishini juda chaqqonlik bilan o’zgartira oladilar va bir soatda 9 kilometrdan oshiqroq masofani suzib o’tadilar. Dengiz toshbaqalarining pardali panjalari suvni qattiq eshadi, qirg’oqda esa o’zlarini noo’ng’ay sezadilar. Haqiqatan ham ular quruqlikda juda qo’pol harakat qiladi, chopishi haqida esa gap bo’lishi mumkin emas. Dengiz toshbaqalarining tuxum qo’yish uchun qirg’oqdan kavak qaziyotganini kuzatgan odamlarning aytishicha, mana shu vaqtda toshbaqalar yig’lar ekan. Balki ularning bu yig’isi og’riqdandir? Chunki ularning pardasimon panjalari chuqurcha qazishga mutlaqo moslashmagan. Ma’lum bo’lishicha, dengiz toshbaqalari og’riqdan yig’lamaydi, ko’zyoshi to’kishiga jo’shqin holati ham sabab bo’lolmaydi. Buning javobi juda oddiy: dengiz toshbaqalarining ko’zyoshi to’kilishiga ularning dengiz taomlari (baliq, mayda hayvonlar va suv o’tlari) dan organizmiga yig’ilib qolgan ortiqcha tuzlarni chiqarishi sabab bo’lar ekan. Ular tuzlarni ko’zlaridan oqayotgan suv bilan birga chiqarib tashlaydi.