Toshbaqalar nimadan tarqalgan?

Mavjud hayvonlarning shu bugunga qadar yetib kelgan qadimiy turlaridan biri toshbaqalardir. Hozirgi kunda ularning 250 ta har xil turi bor. Ular orasida og’irligi 500 kilogramm keladigani ham va juda kichkintoyi ham mavjud. Birlari suvda yashasa, boshqalari quruqlikda yashaydi. Toshbaqalar asosan issiqsevar hayvonlardir va issiq mamlakatlarda hayot kechiradi. Masalan, Rossiyada juda kam uchraydi, burun zamonlar slavyanlar makonida faqat bothoqlik toshbaqasi yashagan. Toshbaqalar qanday paydo bo’lgan? Qadimiy hindlarning bir afsonasida bu borada chiroyli va biroz g’amgin tarix jo etilgan. Qadim o’tgan zamonlarda yerda yosh dag’aldandag’al bahaybat odamlar yashashgan va ular o’zlarini Xudodan yuqori qo’yishgan. Xudolar ulardan darg’azab bo’lgan va ular o’rtasida dahanaki jang boshlangan. Jang uzoq davom etgan, bahaybat odamlarning sillasi qurib, oxiri duch kelgan tomonga tiraqaylab qochgan. Jang maydonida ularning faqat sovutlari qolgan. Bahaybat odamlarga o’zining qudratini ko’rsatib qo’ymoqchi bo’lgan xudolar o’sha sovut ichiga puflab, hayot baxsh etganlar. Sovutlar ham har yoqqa sudralib ketgan, keyin ularning boshi va panjalari o’sib chiqqan va bora-bora ular toshbaqaga aylangan. Ammo olimlarning fikri bundan butunlay boshqacha. Ularning aytishicha, toshbaqalar sodda reptiliyalar — kotilozavrlardan tarqalgan. Ilk toshbaqalar boshi va qo’l-oyoqlarini kosasi ichiga tortishni bilmagan, chunki ularni hech qayerga joylay bilmagan. Hozirgi toshbaqalarning hammasida bo’lgan kosa-uy o’sha zamonlarda shakllanmagan. Ularning yelkasi faqat muguz shchitlar bilan qoplangan. Asta-sekin toshbaqalar yelkasi qattiqlashgan va oxiri shchitli zirhga aylangan. Toshbaqa kosasining yuqori tomoni karapaks, pastki tomoni plastron deyiladi.