Toshkent agrar universiteti

Toshkent agrar universiteti — qishloq xo’jaligi. uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy o’quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. 1930 y.da O’rta Osiyo untining qishloq xo’jaligi. FTI negizida O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi inti tashkil etildi, bu int 1934-91 y.larda Toshkent qishloq xo’jaligi inti nomi bilan faoliyat ko’rsatdi, 1991 y.ning apr.da Toshkent davlat afar untiga aylantirildi. Untda (2004): Agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; o’simliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va o’rmon xo’jaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iktisodiyot; buxgalteriya hisobi; kasbiy ta’lim; sirtki ta’lim; magistratura ftlari, 35 kafedra faoliyat ko’rsatdi, muzey (1980), ilmiy kutubxona (1 mln. dan ortiq asar), qishloq xo’jaligi. kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi bor. 32 ga haydaladigan er va 1 ga issikxona maydoni bo’lgan o’quvtajriba xo’jaligi, Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanida 2480 ga haydaladigan er, 4 ga issiqxona maydoni, chorvachilik fermasi va boshqa ishlab chiqarish. ob’ektlari bo’lgan o’quvtajriba xo’jaligi; agroekologiya ilmiy markazi, biotexnologiya lab., etnomofaglarni ko’paytirish bo’yicha biolaboratoriya, fungimarkaz kabi ilmiy ishlab chiqarish., tadbirkorlikilmiy bo’linmalar faoliyat ko’rsatadi. 1992 y.da bakalavriat boskichida mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus filiali tashkil etilgan. 2003/04 o’quv yilida 5321 talaba, shu jumladan, kunduzgi bo’limda 3047, sirtki bo’limda 2040 bakalavr, 236 magistr talabalar o’qidi, 457 prof.o’qituvchi, shu jumladan, 53 fan dri va 166 fan nomzodi ishladi. Unt faoliyati P.P. Shreder, N.R. Dimo, B.C. Maligin, V.V. Yaxontov, N.G. Zaprometov, S. N. Animuxamedov, ra Olimjonov, M.A. Pankov, AM. Shleyxer, AI. Avtonomov, E.N. Mixaylov, V.A. Shchekin, A. A. Ro’bakov, A V. Gvozdikov, M.B. Doshchanov, M.Baxodirov, P. V. Protasov, A. I. Imomaliev, V.I. Zuev, E.T. Shayxov kabi olimlar nomlari bilan bogliq. Unt tashkil topganidan beri Qx fani va ishlab chiqarish.ning turli tarmoqdari uchun 55 mingdan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Unt qishloq xo’jaligi ta’limi muassasalari va i.tlar bo’yicha Jahon konsortsiumi a’zosi, xorij mamlakatlarining 37 ta unti va 6 i.t. instituti bilan xamkorlik kiladi. Hasan Bo’riev.